So’nggi yangiliklar

19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  2 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  101 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1

APL. "Tottenxem" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Tottenxem" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi

"Tottenxem" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi APLning 2-tur o'yini matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Tottenxem" - "Manchester Yunayted" 2:0

Gollar: Sarr (49), Devis (83).

"Tottenxem": Vikario, Pedro Porro, Romero, Van de Ven, Udogi (Devis, 70), Sarr (Skipp, 76), Bissuma, Meddison, Kulusevski, Risharlison (Perishich, 70), Son.

"Manchester Yunayted": Onana, Martines, Maunt (Pellistri, 85), Fernandesh, Reshford (Marsyal, 85), Kazemiro, Varan, Antoni (Dalot, 66), SHou, Van Bisakka (Eriksen, 66), Garnacho (Sancho, 66).

Tottenham Hotspur

Pape Sarr - 49', Lisandro Martinez - 83'

Premier League . 2-tur

19/08/2023, 22:30

0
:
2
Tugadi

Manchester United

Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 61910 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
49'  Pape Sarr
63'  Destiny Udogie
70'  Destiny Udogie (Ben Davies)
70'  Richarlison (Ivan Perisic)
76'  Pape Sarr (Pierre-Emile Hoejbjerg)
83'  Lisandro Martinez
88'  Dejan Kulusevski (Manor Solomon)
88'  Pedro Porro (Emerson Royal)
33'  Aaron Wan-Bissaka
38'  Antony
39'  Bruno Fernandes
66'  Alejandro Garnacho (Jadon Sancho)
66'  Antony (Christian Eriksen)
66'  Aaron Wan-Bissaka (Diogo Dalot)
85'  Mason Mount (Facundo Pellistri)
85'  Marcus Rashford (Anthony Martial)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Tottenxem" o'z maydonida "qizil iblislar"ni ishonchli hisobda mag'lub qildi.

90+7. ZARBAAAAAA!!! Vikario nimalar qilib tashlayapti. Yana bir super seyv!

90+6. ZARBAAAAA!! Kazemironing zarbasi noaniq ketdi.

90. Kazemironing boshi bilan yo'llagan zarbasini Vikario ushlab oldi.

88. Pellistri hujumga o'tib, raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. Uni to'xtatishdi. 

83. GOOOOOOLLLL!!! Hisobdagi farq ikkitaga etdi. Barchasi "pishib bo'ldi" shekilli.

80. "Tottenxem"da yana bir vaziyat. Kulusevski to'pga eta olganida Onana bilan birga bir vaziyatga chiqishi mumkin bo'lgandi.

74. Mankunianliklar himoyasidagi pala-partishlikdan keyin "Tottenxem" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Biroq undan foydalana olishmadi.

70. Ikkala jamoa tarkibida o'zgarishlar bo'ldi. Biroq o'yin tempida ko'tarilish yo'q)

64. ZARBAAAAAAA! Sarr Kazemironi osonlik bilan ortda qoldirib, MYU darvozasi tomon zarba yo'lladi. Noaniq.

61. UXXXXX!! Son Xen Minning zarbasini SHou qaytardi. Aks holda...

60. Sarrning zarbasi noaniq ketdi.

59. Qoyil! Vikario yana jamoasini qutqardi. Fernandeshning zarbasini u qaytardi va keyin offsayd qayd etildi.

56. ZARBAAAAA!! Vikario nimalar qilib tashlayabdiya. Kazemironing boshi bilan yo'llagan zarbasini Gilermo qaytarishga erishdi.

53. Yana "Tottenxem"da vaziyat. Lisandro ilk vaziyatda raqibini yiqitdi. Bu erda VAR ham ishga tushmadi.

52. UXXXXX!!! Endi hisobdagi farq oshishi mumkin bo'lgandi. Onanadan seyv.

51. ZARBAAAAAA!!! Antonining zarbasidan keyin darvoza ustuni titradi.

49. GOOOOOLLLL!!! Sarr hisobni ochdi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

44. Kulusevskining zarbasini Onana ushlab oldi.

43. Ustunlik "Tottenxem" tomonida.

40. ZARBAAAAAA!!! Porroning zarbasini Onana darvozasi ustuni qaytarib qoldi!

37. Endi Fernandesh dahshatli vaziyatni golga aylantira olmadi.

30. UXXXXXX!!! Bissuma hisobni ochishi hech gap emasdi. Uning zarbasini Onana qaytardi.

28. Yo'q, penalti berilmadi. To'p qo'lni emas, qo'l to'pni topgan deb hisoblandi. Burchak zarbasi.

27. "Tottenxem" darvozasi tomon penalti belgilanishi mumkin. VAR vaziyatni ko'rmoqda.

23. UXXXXXXX!!! "Yunayted" bosimni oshirmoqda. Brununing "Rabona" uslubidagi uzatmasini Reshford darvoza tomon yo'lladi. To'p darvoza tepmasidan o'tib ketdi. Bu vaziyatda offsayd ham bor edi.

21. Onana darvozasini tashlab chiqib, qanotdagi Garnacho tomon chiroyli pas berdi. Uning darvoza tomon uzatmasini himoyachilar qaytardi.

19. "Tottenxem" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Meddisonning uzatgan to'pini Varan qaytarib yubordi.

13. UXXXXX!!! MYU hisobni ochishiga sal qoldi. Reshfordning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Vikario qaytardi.

7. Fernandesh jarohat oldi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

5. Endi Garnacho unchalik xavfli bo'lmagan aniq zarba yo'lladi. Vikario o'z o'rnida. Bugun darvozalarda biz o'rgangan nomlar emas(

3. ZARBAAAAAAA!!! Antonining zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! APLning 2-turi doirasidagi markaziy bahslardan biri start olishga yaqin turibdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика