"Tottenxem" himoyachisi jamoani tark etadi
20 may 15:59
Yangiliklar
"Tottenxem" himoyachisi jamoani tark etadi
"Tottenxem" chap qanot himoyachisi Rayan Sessenon London klubi bilan shartnomasini uzaytirmaydi, deya xabar berdi insayder Fabricio Romano.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli angliyalik yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida jamoani tark etadi. Unga Angliya va Evropa klublari qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining o'zi APLda qolishni afzal ko'rmoqda.
Sessenon jarohat tufayli deyarli butun mavsumni o'tkazib yubordi. Uning hisobida 1 ta o'yin bor.
"Tottenxem" himoyachini 2019 yilning yozida "Fulxem"dan 27 million evroga sotib olgandi. Bu vaqt ichida u 2020/21 yilgi mavsum ijara asosida "Xoffenxaym"da o'ynadi.
Fikrlar