So’nggi yangiliklar

15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  3 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  1 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  46 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  1 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  89 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  13 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3

Toshkentda "Kelajak yulduzlari" bolalar festivali start oldi Yangiliklar

Toshkentda "Kelajak yulduzlari" bolalar festivali start oldi

9 noyabr kuni Toshkent shahrida 2007-2008 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida "Kelajak yulduzlari" futbol festivaliga start berildi.

Mazkur musobaqada jami 20ta jamoa ishtirok etmoqda. Toshkent shahar ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar futbol maktabi zalida bundan avval "Oltin kuz" musobaqasi tashkil etilgandi. Mana endi navbatdagi musobaqa ham boshlandi. 

Eslatib o'tamiz, ushbu turnir O'zbekiston futbol federaciyasi va Toshkent shahar futbol federaciyasining o'zaro hamkorligida tashkil etilmoqda.

Mazkur musobaqa festival tartibida o'tayotgani bois jamoalarning ochkosi hisoblanmaydi va yakunda barcha ishtirokchilarga kubok, maxsus diplom hamda oltin medallar topshiriladi. Bundan ko'zlangan maqsad hech kimning xafa bo'lmasdan o'yin amaliyotiga ega bo'lishi va bolakaylarning futboldan rohat olishlarini taminlashdir.

Kelajak yulduzlari. Birinchi kundan FOTOGALEREYA

Quyida birinchi kun natijalarini keltirib o'tamiz. 

2007 yilda tug'ilganlar
"Mega Sport" - "Nasaf" 2:1 
"Nasaf"-2 - "Metallurg" 1:3 
"Junior Football" – Bekobod 1:2 
"Lokomotiv-Boysun" - BO'SM (Uchko'prik) 3:0 
"NeftGazMontaj" - "Odil Junior" (Namangan) 2:5   
"Kosonsoy" - "Odil Junior" (Toshkent) 0:2 

2008 yilda tug'ilganlar
BO'SM (Uchko'prik) - "Junior Football" 4:4 
"Odil Junior" - “Nasaf”-2 4:1 
“Nasaf” - IBO'SM (Toshkent) 2:2 
"Mega Sport" - Bekobod 1:3 

Bugun ikkinchi kun uchrashuvlari bo'lib o'tadi:

"Odil Junior" (Namangan) - "Nasaf-2" 
"Kosonsoy" - "Nasaf" 
"Metallurg" – BO'SM 
Bekobod - "NeftGazMontaj" 
"Odil Junior" (Toshkent) - "Lokomotiv-Boysun" 
"Mega Sport" - "Junior Football" 
"Mega Sport" - “Nasaf”-2 
BO'SM (Uchko'prik) - “Nasaf”   
"Odil Junior" – Bekobod 
"Junior Football"- IBO'SM (Toshkent) 

Kelajak yulduzlari. Birinchi kundan FOTOGALEREYA

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика