So’nggi yangiliklar

19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  4 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  2 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  4 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  3 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  18 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  2 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  5 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  8 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  15 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  5 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  18 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

Toshkentda FIFA Grassroots dasturi bo'yicha xalqaro kurslar boshlandi. Uni Usmon Toshev olib bormoqda Yangiliklar

Toshkentda FIFA Grassroots dasturi bo'yicha xalqaro kurslar boshlandi. Uni Usmon Toshev olib bormoqda

Teglar :  Grassroots
Bugun poytaxtimizdagi “CHig'atoy” Respublika oliy sport mahorat maktabida FIFAning bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish dasturi bo'yicha Grassroots xalqaro kurslari start oldi.

FIFA Grassroots dasturi maktab, jamoat va klublar tashabbusi orqali 6-12 yoshdagi o'g'il-qizlarga qaratilgan bo'lib, dasturning asosiy maqsadi – futbol o'yini orqali imkon qadar ko'proq odamlarni, hususan yoshlarni birlashtirishdir.

Dastur maxsus infratuzilma talablarisiz futbol o'ynash imkoniyatini yaratadi. SHu sababli hech qanday intensiv mashg'ulotlar yoki murakkab taktikalarga murojaat etilmaydi.

Grassroots dasturi barcha futbol associaciyalari bilan yaqin hamkorlikda tuzilgan va insoniy qadriyatlarni almashinuvini qo'llab-quvvatlaydi.

Mazkur o'quv kurslarga Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan murabbiylikka qiziqishi bor 30 nafar mutaxassis jalb etilgan.

O'quv kurslar FIFA va OFK instruktori Usmon Toshev tomonidan olib borilmoqda va unga Baxrom Umarov ko'maklashmoqda. O'quv-mashg'ulotlar koordinatori – Umid Xatamov.

15 yanvar kuniga qadar davom etadigan o'quv jarayoni yakunida bolalar futboli va ommaviy futbol bo'yicha festival o'tkazilishi rejalashtirilgan. Kurs so'nggida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика