So’nggi yangiliklar

18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" (матнли трансляция)  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  7 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  14 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  112 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  6 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4

O'FA maydonida “Grassroots” (Ommaviy futbol) festivali o'tkazildi Yangiliklar

O'FA maydonida “Grassroots” (Ommaviy futbol) festivali o'tkazildi

Teglar :  GrassrootsOFK
Bugun 15 may - OFKning “Ommaviy futbol kuni” munosabati bilan O'zbekiston futbol associaciyasi maydonida “Grassroots” (Ommaviy futbol) festivali o'tkazildi.

Unda 100 dan ziyod o'g'il-qizlar ishtirok etishdi. Festivalni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad futbolni ommalashtirish, yosh avlodni ushbu sport turiga keng jalb etish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishdan iborat.

Malumki, O'zbekiston futbol associaciyasi Osiyo Futbol Konfederaciyasining nufuzli AFC Grassroots Charter Gold (OFKning Ommaviy futbol Xartiyasi) darajasidagi azolari tarkibiga kiritilgan.

Dastlab 2020 yilda “Kumush” darajadagi azolikka maqullagan O'FA 2023 yil dekabrida yaxshi yutuqlarni ko'rsatib, “Oltin” darajasiga ko'tarilgan edi.

Bundan tashqari, Respublikadagi 1000 dan ortiq umumtalim maktablarda FIFA Football in School (FFIS) dasturi bo'yicha futbol to'garaklari o'tkazib kelinmoqda va 2030 yilga qadar O'FA tomonidan mamlakatimizdagi 10 000 ga yaqin maktablarning barchasida ushbu loyiha amalga oshirilishi kutilmoqda.

Qayd etish mumkin, OFKning “Grassroots” futbol festivali Respublikamizning barcha hududlarida tashkil etildi va ularda 1400 nafardan ko'proq bo'lajak futbolchilar ishtirok etishdi.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика