So’nggi yangiliklar

15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  0 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  17 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3

Toshkentda Evropa klublari skautlari ishtirokida yig'in bo'ladi. Bu haqiqiy imkoniyatmi yoki shov-shuvli marketing? Yangiliklar

Toshkentda Evropa klublari skautlari ishtirokida yig'in bo'ladi. Bu haqiqiy imkoniyatmi yoki shov-shuvli marketing?

2026 yil mart oyi oxirida Toshkentda ELIT Academy futbol akademiyasi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini - "Chempionlar yig'ini" rejalashtirilgan.

Tashkilotchilar mashhur murabbiylar va Evropa klublari vakillari ishtirok etishini malum qilgan.

Tabiiy savol tug'iladi: bu haqiqiy selekciya (saralash) vositasimi yoki yana bir tijoriy lagermi?

Keling, tahlil qilamiz.

Loyiha ortida kimlar turibdi?

Yig'in formati ko'ngilochar lager emas, balki professional muhit sifatida taqdim etilmoqda.

Ishtirokchilar yoshi — 13 dan 18 gacha

Sanasi — 2026 yil 23-30 mart

Manzil — Toshkent

Tashkilotchilar malumotiga ko'ra, mashg'ulot jarayonida taniqli mutaxassislar ishtirok etadi: Oleg Romancev, Massimo Karrera, Denis Glushakov, Roman Pavlyuchenko.

Ularning ishtiroki imzolangan shartnomalar va videomurojaatlar bilan tasdiqlandi.

Bu format oddiy yig'inlardan nimasi bilan farq qiladi?

Odatda tijoriy lagerlar quyidagilarni sotadi:

- intensiv mashg'ulotlar

- muhit (atmosfera)

- mashhur mehmonlar ishtiroki

Bu erda esa asosiy urg'u boshqacha — selekciya va ko'rik. Tashkilotchilarning aytishicha, yig'inga quyidagi klublar vakillari taklif etilgan:

- "Borussiya" Dortmund

- "Dinamo" Zagreb

- "Lans"

- "Boxum"

- "Nant"

- "Nyukasl"

- "Spartak" Moskva

Professional klub omili

Alohida jihat — "G'azalkent" ishtiroki. Akademiya malumotiga ko'ra, klub o'z futbolchilari uchun 25 ta joyni sotib olgan.

Bu bozor uchun muhim signal: professional klub odatda sport qiymati bo'lmagan formatga pul tikmaydi.

Eng muhimi — natija

Bunday loyihalar mashhur ismlar soni bilan emas, yakuniy natija bilan baholanadi.

Agar hech bo'lmaganda bir o'yinchi Evropa tizimiga taklif olsa, bu mintaqa uchun haqiqiy tajriba bo'ladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
28 fev 16:36:45
Akbar Umarov
Kamida 2800$ to'lab ko'rikga borilarkan. Bu menimcha bir shouga o'xshaydida
+1   
28 fev 15:34:05
Baxtiyor Nazarov
Nant, Boxum ham yomon emas
+1   
28 fev 15:32:21
Baxtiyor Nazarov
Dortmund, Lans, Nyukaslga bittadan futbolchi ketsayam zo'r bo'lardi
   
28 fev 23:51:22
ОМАДБЕК
Футболга инвестиция киритишни шунақа тушунган рахбарлар...
   
28 fev 20:20:53
Zohidjon Usarov
Россия тренерлари европа скаутлари хозирги Россияни холатидан келиб чиксак бир бирига ёпишмаяпти .
   
28 fev 17:40:35
Neuling
Bir tiyinga qimmat, maqsad faqat soqqa qilish menimcha. Yanayam Alloh bilguvchi
   
28 fev 17:22:36
Адхамжон Низамов
2800 доллар тулаб ,курикдан утолмасачи.Унда нима булади?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика