So’nggi yangiliklar

15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  2 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45Абдумавлон Абдужалилов: "Бухоро" бизнинг хато қилишимизни кутди, улар осон рақиб эмас"  0 13:28Эрон клублари ОКМК етакчисига қизиқмоқда  2 13:00Расул Йўлдошев: "Жамоамиз тушкун кайфиятга тушганди, буни енгиш учун ғалаба зарур эди"  0 12:46"Қўқон-1912" "Сурхон" устидан ишончли ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  1 11:54Диогу Жотанинг беваси ва ота-онаси "Вулверхэмптон" ўйинида бўлди. Мухлислар марҳум футболчини ёд олди  4 11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  2 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  5 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2

Toshkent va Namanganda bolalar o'rtasida super turnir bo'lib o'tadi Yangiliklar

Toshkent va Namanganda bolalar o'rtasida super turnir bo'lib o'tadi

Mana 5 yildirki, saytimiz tomonidan bolalar futboli o'rtasida turli yosh toifalarida musobaqalar o'tkazib kelinayapti.

Mazkur musobaqalar Odil Ahmedov akademiyasi va Championat.asia sayti tomonidan tashkil qilinadi. Ular "Bunyodkor" va "Navbahor" futbol klublari, O'zbekiston futbol Associaciyasi, Toshkent va Namangan viloyati futbol Associaciyalari va "Sport TV" bilan hamkorlik qiladilar. 

Bu safar musobaqa geografiyasi kengayadi. 2004 va 2006 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi "Mustaqillik Kubogi"ga Namangan viloyati mezbonlik qiladi. Unda Odil Ahmedov akademiyasi va Vodiy jamoalari chempionlik uchun kurash olib boradilar.

2004 va 2006 yillarda tavallud topgan jamoalar o'rtasidagi musobaqa Namangan shahri va To'raqo'rg'on tumanida bo'lib o'tadi. 

Musobaqa 27-30 avgust kunlari tashkil qilinadi. 2004 yillar jamoasida Odil Ahmedov akademiyasi, "Neftchi", "Navbahor" va "Andijon" FK jamoalari chempionlik uchun kurash olib boradilar.

2006 yillarda esa 8ta jamoa: Odil Ahmedov Akademiyasi, Odil Ahmedov Akademiyasi-1, "Neftchi", "Navbahor", "Andijon" FK, Namangan, Farg'ona, Andijon futbol akademiyalari.


HAR BIR YOSH TOIFADA G'OLIBLIKNI QO'LGA KIRITGAN MURABBIYLARGA, "SPORT TRAVEL" KOMPANIYASI TOMONIDAN DEKABR OYIDA CHIMYON DAM OLISH MASKANIGA 2 KISHILIK, JAMI 8TA CHIPTA TAQDIM ETILADI.


2007 yillarda tavallud topgan jamoalar o'rtasidagi "Mustaqillik Kubogi-2019" musobaqasining ishtirokchilari ro'yxati.

1. Kosonsoy

2. “Navbahor”

3. Andijon Akademiya

4. "Qayrat" (Qozog'iston)

5. “Bunyodkor”

6. “Lokomotiv”

7. Toshkent Akademiya

8. “Odil Junior”

9. Samarqand

10. “Eden Sport”

11. RUOR

12. “Lokomotiv BFK Qo'qon”

13. "Paxtakor"

14. "Sergeli"

15. “Lokomotiv Boysun”

16. "Spartak-K" 


2007 yillar. Qura tashlash marosimida jamoalar quyidagicha savatchalardan o'rin oladilar.

1 savatcha: “Odil Junior”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, "Spartak-K". 

2 savatcha: “Lokomotiv”, “Eden Sport”, Toshkent akademiya, “SHaxtyor”.

3 savatcha: Kosonsoy, Andijon Akademiya, Samarqand, “Navbahor”.

4 savatcha:  “Lokomotiv BFK”, “Sergeli”, RUOR, “Lokomotiv Boysun”.

2008 yillarda tavallud topgan jamoalar o'rtasida bo'lib o'tadigan "Mustaqillik Kubogi - 2019" ishtirokchilari ro'yxati. 

1. Odil Junior

2. Odil Junior 2009

3. Paxtakor

4. Samarqand

5. "Lokomotiv"

6. "Bunyodkor"

7. "Do'stlik Marg'ilon"

8. To'raqo'rg'on

9. "CHig'atoy"

10. Bunyodkor 09

11. Spartak

12. "Navbahor"

13. "Nasaf"

14. "Neftchi"

15. "SHaxtyor" (Qozog'iston)

16. "Qayrat" (Qozog'iston)


2008 yillar. Qura tashlash marosimida jamoalar quyidagicha savatchalardan o'rin oladilar.

1 savatcha: “Odil Junior”, “Qayrat”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”.

2 savatcha: “Spartak”, "CHig'atoy", “SHaxtyor”, "Paxtakor".

3 savatcha: "Do'stlik", Toshkent akademiya, "Nasaf", "Neftchi".

4 savatcha: "Odil Junior-09", "Bunyodkor-09", "To'raqo'rg'on", "Samarqand".

"Bolalar o'rtasida o'tkazib kelayotgan musobaqalarimiz yil sayin kengayib borayapti. Bu yil 2008 yillarda tavallud topgan jamoalar turniriga Markaziy Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lgan "Qayrat-2008" yosh toifasini kelishi bizni quvontirdi. Hozirda ular Toshkent safari bo'yicha yig'ilish o'tkazishlari kerak. "Qayrat"ning aynan shu yosh toifasi, o'z akademiyasi tarixidagi eng kuchlisi hisoblanadi. Ular 7-8 yoshidan Qozog'iston bo'yicha saralab olingan bolalar. Bu safargi musobaqaning 2ta yosh toifasidagi o'yinlarga Namangan mezbonlik qiladi. Bu, Namanganda ochayotgan akademiyamizning ilk musobaqasi sanaladi. Rejamizga ko'ra, Ahmedov bilan To'raqo'rg'onda vodiy futbol akademiyasini yaratish. Undan tashqari, vodiy futbol ligasini tuzish ham asosiy maqsadimiz. Eng katta rejamiz Markaziy Osiyo bolalar futbol associaciyasini tuzish. Bu loyihada 9-18 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston va Turkmaniston jamoalarini birlashtirib, xorijdan kuchli jamoalarni chaqiramiz. Birinchi musobaqamiz noyabr oyida Xo'jandda bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan. 2009 yillarda tavallud topgan jamoalar o'rtasidagi turnirga, aynan shu yoshda Rossiyaning eng kuchli jamoasi bo'lgan "Lokomotiv"ga taklifnoma yuborganmiz. Agar ular ijobiy javob bersalar, kuzgi tatilda yaxshi saviyadagi musobaqani tashkil qilamiz, - deydi loyiha rahbari Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика