So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  93 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  8 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   16 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  10 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

Toshkent shahrida O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan futbol festivali o'tkazildi Yangiliklar

Toshkent shahrida O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan futbol festivali o'tkazildi

Teglar :  O'FAFestival
Barchamizga yaxshi malumki, 1 iyunda “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” keng nishonlanadi.

Ushbu bayram kattalar uchun bolajonlarning orzularini ushaltirish, ular uchun qo'limizdan kelgan barcha yaxshiliklarni qilishimiz uchun keng imkoniyatdir.

Bu bayramda yurtimiz bo'ylab turli koncertlar, ekskursiyalar, turli musobaqalar tashkil qilinishi ananaga aylangan. Ushbu ananaga rioya qilgan holda O'zbekiston futbol associaciyasi Toshkent shahrining “Bunyodkor” stadionida bolalar uchun katta futbol festivalini tashkil qildi. Festivalda umumtalim maktablarining 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan 100 dan ortiq o'g'il va qizlar ishtirok etishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi bolajonlarni futbolning sir-asrorlari bilan oz bo'lsada tanishtirish edi. Festivalga taklif qilingan murabbiylar bolalarni guruhlarga bo'lgan holda to'p bilan bajariladigan turli mashqlar hamda topshiriqlar berdilar. Bu mashqlarni alo darajada bajargan bolakaylar o'zlarini maydonda professional futbolchilardek his qildilar.


Maydonda to'p surish imkoniga ega bo'lgan bolajonlar har bir topshiriqni bajarib bo'lgach bir-birlarini zavqu-shavq olqishlab turdilar. Bu esa bugungi kunda yurtimizda futbol sportning eng ommabop turiga aylanganidan dalolat beradi. Darxaqiqat bugun tashkil etilgan futbol festivali buning yorqin misolidir.

Futbol festivalining so'ngida barcha ishtirokchilarga futbol to'plari sovg'a qilindi. Fursatdan foydalanib O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizdagi barcha bolajonlarni ushbu bayram bilan chin dildan muborakbod etadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика