So’nggi yangiliklar

21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  0 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  25 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  3 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  42 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  20 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Toshkent shahar futbol akademiyasiga kirish imtihonlari davom etmoqda Yangiliklar

Toshkent shahar futbol akademiyasiga kirish imtihonlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, O'zbekiston respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning futbolni rivojlantirishga oid qaroriga muvofiq respublikamiz hududlarida futbol akademiyalarni tashkil qilish belgilab qo'yilgan.

Hozirda mana shunday akademiyalarning deyarli barchasida yosh futbolchilarni qabul jarayoni bo'lib o'tmoqda. Bugun Yashnobod tumanida joylashgan Toshkent shahar bolalar va o'smirlar futbol akademiyasiga borib imtihon jarayoni bilan yaqindan tanishdik. 

SHuni aytish lozim, bungacha akademiya o'rnida Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi futbol bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati bo'lib, futbol tilida bu joyni "SSHI" deyishga o'rganib qolgandik. Endilikda ushbu maskan akademiya nomi bilan yuritiladi. Bugun imtihon jarayoni bilan tanishish uchun borganimizda 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar sinovdan o'tishayotgan ekan. 


Malum bo'lishicha, Toshkent shahar akademiyasiga 2001-2007 yillarda tug'ilgan imtihondan o'tgan eng yaxshi futbolchilar saralab olinadi. Imtihonlar 3 avgustdan boshlangan. Dastlab 3-5 avgust kunlari 2007 yilda tug'ilgan futbolchilar imtihon topshirgan bo'lsa, 6-8 avgustda 2006 yilda tavallud topgan futbolchilar sinovdan o'tishdi. Aytib o'tganimizdek, bugundan 2005 yilda tug'ilganlar sinovlarni boshlashdi va bu jarayon 11 avgustga qadar davom etadi. Undan keyin 2004lar (12-14 avgust), 2003lar (15-17 avgust), 2002lar (18-19 avgust) hamda oxirida 2001lar (20-21) avgustda imtihon topshiradi. 

- "Toshkent shahar futbol akademiyasiga qabul jarayoni qizig'in o'tyapti, - deydi qabul komissiyasi raisi Grigoriy Ayrapetov. - Rejaga ko'ra, har bir yosh toifasida 22 nafardan futbolchi qabul qilinadi. SHulardan ikki nafari darvozabon va 20 futbolchi. SHunda ettita yosh toifasidagi guruhga jami 154 futbolchi qabul qilinadi. Har bir yosh toifasidagi o'yinchilar uchun imtihon jarayoni uch kunni tashkil etadi. Birinchi kun murabbiylar bolaning futbol o'ynashga bo'lgan iqtidorini tekshirishadi. Ikkinchi kun futbolchilar normativ topshirishadi. Normativdan "sakkizlik" test sinovini bajarish, 5 va 10 metrga to'pni erga tushirmasdan jonglyor qilgan holda yurish hamda darvoza tomon 11 metrlik nuqtadan 5ta urinish orqali darvozaning turli burchaklariga aniq zarba yo'llash o'rin olgan. SHuningdek, yozma imtihon ham bor. Bunda yosh futbolchilarga 10ta savoldan iborat mantiqiy test beriladi. Testni uch daqiqia ichida echish lozim". 


SHu o'rinda qabul kommissiyasi azolari ro'yxatini keltirib o'tsak: Grigoriy Ayrapetov (Respublika futbol akademiyasi direktori), Iskandar Anarkulov (Toshkent shahar futbol akademiyasi direktori vazifasini bajaruvchi), Omon Qo'ldoshev (futbol akademiyasi sport ishlari bo'yicha rahbar o'rinbosari), Davron Akmalov (Toshkent shahar futbol associaciyasi vakili). 

Imtihon olayotgan murabbiylar ro'yxati: Otabek Nabiev, Sergey Mirgorodskiy, Rinat Imaev, Temur Nuriddinov, SHamxol Nishonov, SHavkat Ahmadjonov, Pavel Zaxarov, Danis Muxamedvaliev, Jahongir Ishoqov, Ayder Kurbaev, Bobur Jo'raev va Anatoliy Devyashin. 

Imtihonlar har kuni ertalab soat 8:00da boshlanib to 12:00ga qadar davom etmoqda. SHuni aytish lozim, Toshkent shahar futbol akademiyasiga faqat Toshkent shahrida doimiy ro'yxatdan o'tgan futbolchilargina qabul qilinadi. Savol tug'ilishi mumkin: viloyatdan kelganlar-chi? Gap shundaki, muhtaram yurtboshimiz qaroriga binoan tashkil etilgan futbol akademiyalar har bir viloyat markazida bor. SHunday ekan, viloyatlik futbolchilar o'zlari istiqomat qilayotgan viloyat markazidagi futbol akademiyasiga murojaat
qilishlari mumkin. Akademiyaga kirgan futbolchilar sport liboslari, yotoq hamda uch mahal ovqat bilan taminlanadi. Aytish mumkinki, har bir akademiya O'FA nazoratida bo'ladi va akademiyaga qabul qilinayotgan har bir bola O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning imzosi bilan qabul qilinadi. 


Mabodo imtihondan o'ta olmasa, futbolchi 10 kun ichida apellyaciya berishi mumkin. SHundan so'ng shaffoflik bo'lishi uchun umuman boshqa komissiya o'sha bolani boshqatdan sinovdan o'tkazadi. SHuningdek, akademiyalar faoliyati har uch oyda jiddiy nazorat qilib boriladi. Toshkent shahar futbol akademiyasida vaqtincha direktor lavozimida ish yuritayotgan Iskandar Anarkulovning aytishicha, imtihonlar juda yaxshi o'tyapti. 

- "Biz eng muhimi, shaffoflikka amal qilyapmiz. Imtihon jarayonini hech kimdan bekitayotganimiz yo'q. Ota-onalar bemalol kelib hammasi qanday o'tayotganiga o'zlari guvoh bo'lishyapti. Bundan tashqari, maydonning ikki chetiga ikkita kamera qo'yganmiz va bunda imtihon topshirayotgan futbolchilarning harakati tasvirga tushirib boriladi. Kimda qanday etiroz bo'lsa, marhamat videoyozuv orqali ko'rsatib beramiz. Imtihon topshirayotganlar orasida shu erda tahsil olib kelganlar ham, yangilar ham bor. SHuni aytishim
mumkin, har bir yosh toifasida iqtidorli futbolchilar etarli", - deydi Iskandar Anarkulov. 

X.Xoliqov.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика