Toni Kroos de Ligtning golida hakam xato qilganini aytdi
16 may 00:06
Yangiliklar
Toni Kroos de Ligtning golida hakam xato qilganini aytdi
"Real Madrid" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos "Bavariya"ga qarshi ECHL yarim final javob bahsining oxirgi daqiqalarida Matteys de Ligt tomonidan kiritilgan golda hakamlar xato qilgani haqida gapirdi.
"Hakam o'sha vaziyatga noto'g'ri yondashdi. O'yinni davom ettirish kerak edi.
Bu erda qanot hakami asosiy xatoni qildi. Qachonki qanot hakami bayroqni ko'tarsa, bosh hakam unga ishonadi. Bunday ishonch bilan bayroq ko'tarilganidan so'ng bosh hakam uch metrli ofsayd bo'lgan bo'lsa kerak deb o'ylaydi.
"Bavariya"ning g'azabga tushganini to'g'ri tushunsa bo'ladi. CHunki vaziyat 100% yakunlanishini kutish kerak edi.
O'sha vaziyatda himoyachilar to'xtab qoldimi yo'qmi, aniq bilmayman. Sababi, hushtak ancha avval chalingandi. Himoyalanayotgan o'yinchilarning hammasida bosim kamayib bo'lgandi", -deydi Toni Kroos.
Fikrlar