Tomas Myuller MLSning "Vankuver Uaytkeps" klubi bilan faol muzokaralar olib bormoqda
27 iyu 20:18
Yangiliklar


Tomas Myuller MLSning "Vankuver Uaytkeps" klubi bilan faol muzokaralar olib bormoqda
"Bavariya" sobiq hujumchisi Tomas Myuller MLS ishtirokchisi "Vankuver Uaytkeps" klubi bilan faol muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog'ida malum qildi.
Manbaga ko'ra, 35 yoshli xavbekka "Sinsinnati" ham qiziqish bildirmoqda. Ammo, Myuller uchun aynan "Vankuver Uaytkeps" hozircha eng real variant bo'lib turibdi.
35 yoshli hujumchi 2025 yilning yozida klublar o'rtasidagi jahon chempionati yakunlangach, "Bavariya"ni tark etgandi. Myuller myunxenliklar safida barcha musobaqalarda jami 756 ta o'yin o'tkazib, 250 ta gol va 276 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Myuller "Bavariya" safida 33 ta sovrinni qo'lga kiritgan, shu jumladan ikki marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan. Shuningdek, germaniyalik futbolchi 2014 yilgi jahon chempioni hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar