So’nggi yangiliklar

20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  1 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   3 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  2 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  2 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  8 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  44 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  1 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0

Tomas Duli: "Qizil kartochka o'yinga o'z tasirini o'tkazdi" Yangiliklar

Tomas Duli: "Qizil kartochka o'yinga o'z tasirini o'tkazdi"

Teglar :  Tomas Duli
O'zbekiston - Filippin uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Tomas Duli qatnashdi.

"Bugungi o'yindagi natijadan biroz qoniqdim deya olaman. CHunki avvalgi o'yinga qaraganda bugun yaxshi harakat qildik. Kamiga bir kishi kam bo'lib raqibga juda munosib tarzda qarshilik ko'rsatdi. Men futbolchilarim bilan faxrlanaman. Qizil kartochkaga keladigan bo'lsak, menimcha bu qo'pollik chetlatishga loyiq emasdi. Ammo hakam futbolchining avvalgi qoida buzishlari uchun ham keskin chora ko'rdi. Bugun darvozabonimiz juda yaxshi o'yin ko'rsatganini ham qlohida takidlab o'tgan bo'lardim. O'zbekiston terma jamoasiga qarshi liq to'lgan stadionda qarshilik qilish oson ish emas. Bugun garchi yutqazgan bo'lsakda, shogirdlarim munosib tarzda o'ynadi", - deya o'yin haqidagi fikrlarini boshladi Tomas Duli.

- Bizning dastlabki o'yindagi rejamiz darvozamizdan to'p o'tkazib yubormaslik edi. Biroq o'sha uchrashuvda tezkor gol bizni qiyin ahvolga solib qo'ygandi va rejalarimizni barbod qilgandi. Bugun bahs debyutida o'yinni yaxshi boshladik. Agarda bugun qizil kartochka olmaganimizda balki o'yin natijasi boshqacha bo'larmidi. Bu jihat ham o'yinga o'z tasirini ko'rsatgani bor gap. Qizil kartochka olmaganimizda g'alaba uchun ham kurashgan bo'lardik. SHunga qaramay, bugun jamoamiz O'zbekistonga o'z o'yinini ko'rsatishiga yaxshigina qarshilik qildi va maqsadimizga erishdik. O'ylaymanki, Filippin jamoasining nimalarga qodir ekanligini bugun ko'rdinglar. Umid qilamanki, guruhda uchinchi o'rinni egallay olamiz va O'zbekiston bilan Osiyo kubogida ko'rishamiz deb niyat qilaman.





Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика