Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi qanday o'ynashni bilmaydi. Bugun "Man Siti" "Tottenxem"ni mehmon qiladi
23 avg 14:50
Yangiliklar


Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi qanday o'ynashni bilmaydi. Bugun "Man Siti" "Tottenxem"ni mehmon qiladi
Ishonchli debyut
Tomas Frank uchun "Tottenxem"dagi murabbiylik davri juda yaxshi boshlanmoqda. "Shporlar" daniyalik murabbiy talablariga mos ravishda tarkibni kuchaytirishdi — APL havosini biladigan tayanch yarim himoyai, qanotga sifatli ijrochi, ijaradagi ikki futbolchi bilan to'laqonli shartnoma imzolandi — birinchi turga jamoa ajoyib kayfiyatda etib kelgandi. Yangi mavsum debyutanti "Bernli" bilan bahsda londonliklar ortiqcha muammoga duch kelishmadi.
10-daqiqadayoq "Tottenxem" hisobni ochdi. Birinchi bo'limda farqni oshirishning imkoni bo'lmaganiga qaramay, ikkinchi bo'limda raqib to'liq taslim etildi. 60 — 70-daqiqa oralig'ida amalda o'yin taqdiri to'liq hal bo'ldi. Frankning tizimida Risharlison ayniqsa etiborni tortdi. Mehnatkash braziliyalik "Tottenxem" hujumida Son Xyon Min borligida soyada qolib ketayotgandi. O'tgan mavsum u chempionatda bor yo'g'i 4 ta gol urdi, bunisida esa — birinchi turdayoq dubl.
Qo'shimchasiga Kudusning yangi jamoadagi adaptaciyasi yaxshi o'tganini sezish mumkin — Muhammad assistlardan dubl qayd etdi.
Jarohatlar "Tottenxem" salohiyatini to'liq ko'rsatishga to'siq bo'lmoqda
Premer-Liga autsayderi bilan bahsda Frank rejasi ishladi, o'yin oxirlariga borib, bazi savollar yuzaga kelgan bo'lsa ham. Londonliklar hujumining muhim figuralari bo'lgan Deyan Kulusevski va Jeyms Meddison lazaretda. Angliyalik Postekoglu davrida ham asosiy pleymeyker bo'lgan bo'lsa, shveciyalik asosiy tarkibning muhim azosi bo'lib, muntazam ravishda raqib darvozasiga xavf tug'diradi.
Mavsumga tayyorgarlik jarayonida Jeyms xochsimon bog'lamidan jarohat oldi. Jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'lgan xavbek mavsumning katta qismini o'tkazib yuboradi. Deyan esa may oyida tizzasidan jarohat olgandi. Natijada, u mavsum so'ngida "Aston Villa" va "Brayton"ga qarshi o'yinlarni hamda "Manchester Yunayted"ga qarshi Evropa Ligasi finalini o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan.
Yana bir katta yo'qotish — Destini Udodji. Ro'yxatda zaxiradan maydonga tushib, o'yinni kuchaytirishi mumkin bo'lganlar ham bor — Brayan Xil, Manor Solomon, Radu Dregushin.
"Tottenxem"ning hujumdagi imkoniyatlari sezilarli darajada qisqarmoqda — Kulusevskining yo'qligini Kudus bilan yopib ketsa bo'lsa, Meddisonga alternativ variant yo'q. Malum vaqtgacha Frank muammoni qandaydir usulda yopishga muvaffaq bo'lar, lekin uzoq muddatda-chi — bu vaziyatda "Manchester Siti" va "Arsenal"ning o'tgan mavsumdagi holati yorqin misol bo'la oladi.
"Vulverxempton"ga qarshi barchasi rejadagidek kechdi
"Siti"ni bunday ko'rish biroz g'alati – Uoker yo'q, de Bryuyne yo'q. Pep himoya qanotlarida Ait-Nuri va Riko Lyuisdan foydalandi, undan ham qizig'i – o'ng qanotni Oskar Bobb "yopdi". Shuningdek, asosiy tarkibda yangi "shaharliklar" Trafford va Tijani Reyndersni ko'rish mumkin edi. Klub yangilanish davrini boshdan kechirmoqda – jarayon ancha keskin tarzda amalga oshirilmoqda. Yangi mavsumdagi ilk uchrashuvda "bo'rilar" aytarli qarshilik qila olishmadi – 4:0.
Bu vaziyatda eng muhimi tizim yaxshi yo'lga qo'yilgani hozirning o'zida sezilmoqda. Marmush zaxirada qoldirildi – hujumning oldingi chizig'ida odatga ko'ra Xoland tushirildi. Sherkini esa zaxiradangina o'yinga qo'shishga qaror qilishdi. Erling chempionatni dubldan boshladi. Reynders birinchi bo'limda oradagi farqni ikkitaga oshirgan bo'lsa, 61-daqiqada norvegiyalikka golli uzatma etkazib berdi. Rayan zaxiradan maydonga tushdi va 81-daqiqada o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
Kim biladi deysiz, balki tezkor Kudusga qarshi Gvardiola hamyurtimiz Abduqodir Husanovni maydonga tushirishga qaror qilar.
Frank uchun jiddiy sinov, "Siti" uchun noqulay raqib
Tomas yangi joyga to'liq moslashib olishi uchun vatq kerak — "Tottenxem" hozir optimal holatda emas va endi yaxshi sport formasiga kirmoqda. Shu holatida jamoa o'tga tashlanmoqda. Boshqa tomondan "Man Siti"ga qarshi o'yinlarda "shporlar" yomon ko'rinmayapti. Oxirgi o'zaro 20 o'yinda "shaharliklar"ni 8 marta mag'lubiyatga uchratgan jamoalarni sanash uchun barmoqlarimiz etib ortadi va "Tottenxem" ular orasida bor.
Londonliklar "shayxlar"ga o'z uyida fevral oyida imkoniyatni boy berib qo'ydi, ammo undan avval safarda yirik (4:0) g'alaba bilan Gvardiolani Liga Kubogidan chiqarib yuborishgandi. "Tottenxem" uchun bu vazifa imkonsiz emasligi aniq.
Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar