O'zbekiston Ozarbayjon bilan birgalikda Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi!
02 okt 18:50
Yangiliklar


O'zbekiston Ozarbayjon bilan birgalikda Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi!
Unga ko'ra, O'zbekiston va Ozarbayjon birgalikda yoshlar o'rtasidagi mundialga mezbonlik qilishi belgilandi. Mazkur musobaqa FIFA tomonidan o'tkaziladigan milliy terma jamoalar o'rtasidagi Jahon chempionatidan keyingi ikkinchi nufuzli musobaqa hisoblanadi.
"So'nggi yillarda mamlakatimiz ko'plab yirik xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilib, katta tajriba orttirdi. Xususan, 2024 yilda yurtimizda o'tkazilgan FIFA Futzal Jahon chempionati yuqori saviyada tashkil etilgani xalqaro futbol hamjamiyati tomonidan alohida etirof etildi. Mazkur musobaqalar, shuningdek, o'zbekistonlik mutaxassislarining xalqaro miqyosdagi yirik turnirlarni o'tkazish bo'yicha etarlicha tajriba va salohiyat to'plashiga imkoniyat yaratdi.
2027 yilga kelib dunyoning eng iqtidorli yosh futbolchilari FIFA U-20 Jahon chempionatida ishtirok etish uchun O'zbekiston va Ozarbayjonda to'planishadi. Yurtimiz, har doimgidek, o'zining mehmondo'stligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va albatta futbolsevar muxlislarining mehri bilan butun dunyo etiborini qozonishga tayyor", – deyiladi O'FA xabarida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar