So’nggi yangiliklar

17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  5 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  2 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  25 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  1 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  55 14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  1 13:17"Манчестер Юнайтед" Роналдунинг "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнамоқчи  2 12:49"Барселона" "Челси"нинг Фермин Лопесга бўлган қизиқишига изоҳ берди  3 12:25U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташланди. Ўзбекистон Корея Республикаси ва Эрон билан бир гуруҳда  22 12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  5

Kannavaro tayinlovi: piarmi yoki strategik qaror? Yangiliklar

Kannavaro tayinlovi: piarmi yoki strategik qaror?

O'zbekiston milliy jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlanishi masalasi ostida katta muhokama ketmoqda.

Unga nisbatan fikrlar ikkiga bo'lingan: bir tomonda katta nom va piar imkoniyati, ikkinchi tarafda esa tajriba va natijalarning etishmasligi.


Afzal tomonlar

1. Katta nom va piar imkoniyati

Fabio Kannavaro — Jahon chempioni, “Yuventus” va “Real Madrid”da o'ynagan, “Oltin to'p” sohibi. Bu tarixda qolgan yutuqlar. Nom jihatidan u katta qiymatga ega. Buning orqali O'zbekiston jahon matbuotida, insayderlar va nashrlar sahifasida paydo bo'lishi tabiiy. Piar nuqtai nazaridan bu plyus. Biroq Marokash, uni boshqargan Valid Regragi misoli shundan dalolat beradiki, tabiiy natija suniy piardan ko'ra kuchliroq.

2. Osiyoda ish tajribasi

Kannavaro Osiyo futboliga chuqur kirib borgan: Xitoyda “Guanjou Evergrand”, “Tyanjin”, Xitoy terma jamoasi, shuningdek, BAAda “Al-Ahli”da ishlagan. Demak, u ham Sharq, ham G'arbiy Osiyo futboli haqida malum ko'nikmaga ega.

Salbiy jihatlar

1. Murabbiylikda omadsiz yo'l

Katta futbolchi sifatida tarixda qolgan Kannavaro murabbiylikda shu darajada muvaffaqiyatli emas. Raqamlar shundan dalolat beradi:

“Dinamo Zagreb” – 101 kun, 14 o'yin: 7 g'alaba, 2 durang, 5 mag'lubiyat.

“Udineze”– 47 kun, 6 o'yin: 2 g'alaba, 3 durang, 1 mag'lubiyat.

“Benevento” – 136 kun, 17 uchrashuv: 3 g'alaba, 7 durang, 7 mag'lubiyat.

Xitoy terma jamoasi – 2 o'yin, 2 mag'lubiyat (bittasi O'zbekistondan).

Murabbiylikdagi yagona yutug'i: "Guanchjou Evergrand" bilan Xitoy chempionligi (2019)


2. Qisqa vaqt omili

Jahon chempionatigacha bo'lgan muddat juda qisqa. FIFA kunlari bilan hisoblanganda, Kannavaro ixtiyorida bor-yo'g'i 30 kungina mavjud. Bu vaqt ichida u jamoaga uslub, tizim yoki yangi falsafa berishga ulgurmaydi.

3. Mentalitet muammosi

Agar u Vetnam yoki Gonkongda ish boshlaganida, madaniy yaqinlik sabab moslashuvi osonroq kechardi. O'zbekistonda esa mutlaqo boshqa muhit va bu unga qiyinchilik tug'dirishi mumkin.

4. O'FA rejasi va savollar

O'FA avvaldan xorijlik mutaxassis olib kelishni maqsad qilgandi: Bentu bilan muzokara qilindi, Bilich, Lyov, Terim, Ivankovich nomzodlari muhokama qilindi. Ammo vaqt o'tgan sari imkoniyatlar qisqarib, Kannavaro varianti ko'rib chiqildi.

Bunda eng muhim savollar qolayotir:

* U faqat Jahon chempionati uchun olib kelinadimi?

* Agar natija bo'lmasa, keyin yana Kapadzega qaytishimiz kerak bo'ladimi?

* Nega O'FA rahbariyati mundialdan keyin o'z loyihasi, rejasini bildirmadi?

* Kanavarro bilan rejalar bir yillikmi yoki uzoq istiqbolga qaratilganmi?

Ortiqcha xavotirlar

Kechuvda ot almashtirilmaydi. Savol: O'FA Kannavaro bilan qanday kelishuv qiladi va undan nimalarni kutadi? Biz faqat Jahon chempionati uchun olib kelyapmizmi? Kechirasiz-ku, Kannavaro sehrgar emaski, Katanec to'rt yilda erishgan natijani bir yildayoq takrorlay olsa.

Katanecning o'zi aytganidek, bu mundialda asosiy maqsad — zavq olish va tajriba to'plash. Agar natijasiz, sharmandali holatda qaytsak, Kannavaro ketadi, ammo yana Kapadzega iltijo qilishga to'g'ri keladimi?

Kapadze hech narsa yo'qotmaydi. U tarixga yozildi — ilk bor jamoani ham Olimpiada, ham Jahon chempionatiga olib chiqdi. Uning kelajagi ochiq: “Paxtakor” eshiklari uni kutyapti, bo'sh qolsa yana o'rganishda davom etadi.

Xulosa

Fabio Kannavaro — katta nom, katta futbol tarixi. Lekin murabbiy sifatida u hali o'zini ko'rsata olmagan. O'zbekiston uchun uning tayinlanishi piar nuqtai nazaridan qiziq, ammo amaldagi samarasi katta shubha ostida.

Bu qaror strategik rejami yoki vaqtinchalik tajriba? Savol ochiq.

Reyting: +1   

Fikrlar

+4   
02 okt 17:32:00
Odilbek Abdushukurov
Championat.asia jurnalistlari xolis emas, ular Kapadzening "yollangan" advokatlari. Katanetsning mehnatini umuman e‘tiborga olishmaydi. Sababi, ularni kiritmasdi jamoa mashg‘ulotlariga. Shu sababli uni tagiga suv quyishmoqchi bo‘lishdi va qaysidir ma‘noda bunga erishishdi. Kapadze termaga bosh murabbiy bo‘lib kelgach, terma jamoa mashg‘ulotlarida bemalol o‘tlab yurishdi. Bularga shu kerak, menimcha..
+4   
02 okt 17:13:10
Bek Bek
OMA LEKINCHI SHU BOBUR AKMALOV, JAMOL BOBOJONOV VA OZBEKISTONNING TURLI FUTBOLGA OID JURNALISTLARI JUDA JONGA TEGDILAR KOPADZE KOPADZE DEYAVERIB. NIMA KOPADZE DAN BOSHQA TRENER YOQMI OZBEKISTONDA ? KANNAVARO EPLOLMASA YANA KOPADZEGA QAYTAMIZMI EMISH. MIRJALOL QOSIMOV BOR ROZIQUL BERDIYEV BOR OZIMIZDA JUDA KOPADZEGA BOGLANIB QOLGANIMIZ YOQ. QAYSI MURABBIYGA KOPADZE QILIB BERILGAN IMKONIYAT VA SHAROITLAR QILIB BERILGAN HOSH KIM JAVOB BERADI? KOPADZE UCHUN 3 YIL VAQT VA SUPERLIGADA OYNASH SHAROITLARI YARATILIB KLUBLARDAN FURBOLCHILAR TERISHGA IMKON BERILDI, BUNAQA IMKONDA OLIMPIADAGA CHIQMASA HAM UYAT EDI ASLIDA. TERMAGA KELIB KATANESNI FALSAFASIDA OYNAB NATIJA QILDI UYIMIZDA QATARGA QARSHI OYINNI HISOBLAMASAK. KANNAVARO VARIANTI KOPCHILIKDA ETIROZ UYGOTYAPTI TOGRI VAHOLANKI UNDAN KUCHLIROQ MURABBIYLAR KOP VA TOPSA BOLARDI. OFA NIMANI REJA QILYATGANI NOMALUM LEKIN TAJRIBALI MURABBIY KERAK EDI. AGAR MOBODO EPLOLMASA HAM KOPADZE DAN KORA VARIANTLAR HAM BISYOR OZIMIZDA, JUDA KOPADZEDAN GVARDIOLA YASAB OLIB PROPAGANDA QILAVERMAYLAR HURMATLI JURNALISTLAR. 2 OYDAN BERI TILDI BIRIKTIRIB OFAGA QARSHI NAMOYISHKORONA QARSHI XARAKAT QILIB PROPAGANDA PROVAKASIYA QILYAPSIZLAR. OFA YAM HUDDI SILARDI GASHILARGA TEKKISI KEPQOGANDEK KANNAVARO SIZLARGA MUNTAZIR DEB TURIBDI )))). HADEB BURNILARNI TIQAVERMAYLAR YOKI SHUNCHALIK BOLSA TERMANI BOSHQARISHGA 5 TA NOMZOD MURABBIY QOYIB XALQ ORQALI SOROVNOMA QILILAR KORAMIZ XALQNI FIKRI NIMA EKAN. BIZ BIR JAHON CHEMPIONATIGA CHIQMAYLIK EKANDA
+4   
02 okt 16:56:13
Bek
Вашше жонга тегдиларин шу кападзе отангга адвокатли кивуриб уни канака тренерлигини курдигу судьялани ердами билан кафа да амаллаб 1ни олли атак у сборныйни уревенидамас
+4   
02 okt 16:22:33
Murod Muxammadiyev
Hozir Gvardiola yoki Anchelotti O'zbekistonga kelayapti desa ham bizni bu zakazchik, yozgan tahlillarida mantiq yo'q jurnalistlarimiz bir narsalar deyaveradi. Vijdonan yondashinglar vatan jamoasi haqida maqola yozayotganda!
+4   
02 okt 16:11:54
Umurzoqov Begali
Kannavaro kelgani yaxshi Kopadzeni CAFA da koʻrdik Olimpiadada koʻrdik. (Koʻrmaganlarga sabr)
+2   
02 okt 16:53:28
Isroiljon Qosimov
Ҳали шартнома тузилмаган мураббий ортидан шунча ғийбат,агар келса худди Катанецнинг куни тушади Канаварродаям.Сречко келишидан олдин ҳам шундай иғвогарчиликлар бўлганди.Мен қўрқмай айтаман:КАННАВАРРО ЎЗБЕКИСТОНГА МОС МУРАББИЙ.
+2   
02 okt 16:29:13
Abdullaziz Ergashev
Maqolani yozishda chat gpt yordamlashganmi????????
+2   
02 okt 16:15:05
Dido &
Jurnalistlayam kapadzeni fanati ekanu
+1   
02 okt 17:38:17
ABZALHUJA
УФА ни татикасини кисман тушунгандейман. Билишимча, УФА командамизни жахон чемипионатида мужиза курсатишига ишонмяпти. Буни билган холда, эртага узбек мутахассисини номини кораламасли учун, айбни (козел отпушения) чет элликни ьуйнига куйиш. Эвласа УФАни тугри танлови булади, эвломаса, Кападзе номига дог тушмасдан, эртага тичгина мана чет эллик мутахассислар хам эвлолишмади диб куя колинади. Айни келаётган тренерларга хам 1 йиллик контракт таклиф килинаётгани шу учун, максад эртага натижа салбий буганада куркмасдан тренерни хайдаш. Так что, УФА 1 ук билан 2 куённи урмокчи. Хам Копадзени эртанга кунга захирага олиб куйиш ва келгуси 4 йилликни унга бериш хам, мана харакат килдик, чет эллик хам ухшата олмади дийиш.
+1   
02 okt 17:33:03
Baxtigali Adilov
Яхши хомий топиб, яхши тренер олиб келиш керак.келмайдиган тренер катта пулга келади
+1   
02 okt 16:40:39
fc bunyodkor+fk pakhtakor N 1
Kannavaro nima uchun qabul qilishi mumkun jahon chempianatida ishlash uchun uzbekiston cannavaro uchun tajriba quyonchasi bizaga nom emas amalda ish qila oladigan trener kerak bomasa qosin kapadze
+1   
02 okt 16:31:59
fanat_Andijan FC and Liverpool
Daraja jihatdan Kapadze bilan bir xil. Lekin nom bor. Nom jihatdan ma'qul. Keyin tanish bilishchilik Sayfiyev Jiyanov deganlaridek bo'lmaydi. Yoshlarga ham e'tibor bersa kerak Bahromov singari
+1   
02 okt 16:31:03
fanat_Andijan FC and Liverpool
Daraja jihatdan Kapadze bilan bir xil. Lekin nom bor. Nom jihatdan ma'qul. Keyin tanish bilishchilik Sayfiyev Jiyanov deganlaridek bo'lmaydi
+1   
02 okt 16:30:54
Murod Muxammadiyev
Futbolni haqiqiy muxlislari vatanparvar insonlar chetdan murabbiy kelishini xoxlashmoqda lekin CA jurnalistlari (agar jurnalist degan nomga loyiq bo'lsa, bazilari) Kopadzeni olib qolish va keyingi maqsadlariga erishish, faqat o'zim bo'lay qabilida ish tutib vatan jamoasi muvaffaqiyatiga tupurib qo'yishmoqda va shularni fikriga ergashgan (shaxsiy fikri yo'qlar) Kopadze qolishini xoxlamoqda. Ko'rdik Kopadzeni darajasini Olimpiada baxslarida. Milliy termamiz uchun JCHga birga borishga asosiy haqdor Katanes bo'ladi boshqa hech kimni zarracha haqqi yo'q. Kopadzega hurmat saqlagan holda aytaman uning darajasi hali JCHga milliy terma jamoa olib boradigan murabbiy emasligini o'zi ham tushunib turgan bo'lsa kerak.
   
02 okt 17:52:02
Комил Мухиддинов
Umurzoqov Begali foydalanuvchining fikriga javob berish
Kannavaro kelgani yaxshi Kopadzeni CAFA da koʻrdik Olimpiadada koʻrdik. (Koʻrmaganlarga sabr)
Cafa да нимани кўрдинг эронни ютсаям негативлик қиласан нима сенинча олимпиада чемпиони бўлиши керакмиди???
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика