So’nggi yangiliklar

13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  0 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  8 12:30"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  6 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  5 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  6 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  11 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  22

Toma Tabatadze: "Qo'qon-1912"ga qo'shilish g'oyasi klub tomonidan ko'rsatilgan qiziqish, bosh murabbiyning menga bo'lgan ishonchi hamda jamoa qo'ygan maqsadlar tufayli paydo bo'ldi" Yangiliklar

Toma Tabatadze: "Qo'qon-1912"ga qo'shilish g'oyasi klub tomonidan ko'rsatilgan qiziqish, bosh murabbiyning menga bo'lgan ishonchi hamda jamoa qo'ygan maqsadlar tufayli paydo bo'ldi"

“Qo'qon-1912” matbuot xizmati Toma Tabatadzedan intervyu oldi.

"Qo'qon-1912"ga qo'shilish g'oyasi qaerdan paydo bo'ldi? Klubga kelishingizning asosiy sababi nima bo'ldi deb o'ylaysiz?

"Qo'qon-1912"ga qo'shilish g'oyasi klub tomonidan ko'rsatilgan qiziqish, bosh murabbiyning menga bo'lgan ishonchi hamda jamoa qo'ygan maqsadlar tufayli paydo bo'ldi. Men uchun klubning menga haqiqatan qiziqishi va meni jamoaning muhim qismi sifatida ko'rishi juda muhim edi. Shuningdek, klubning ambiciyalari va natijalarga erishishga intilishi katta rol o'ynadi.

So'nggi uch mavsumda O'zbekistonning bir necha jamoasida o'ynadingiz. O'zbekiston Superligasini va undagi jamoalar darajasini qanday baholaysiz?

O'zbekiston Superligasi — ancha raqobatbardosh chempionat. Har bir mavsumda o'yin tempi, jismoniy tayyorgarlik va taktik intizom oshib bormoqda. Ko'plab jamoalarda yaxshi infratuzilma va sifatli futbolchilar bor, bu esa chempionatni qiziqarli va oson bo'lmagan qiladi. Bu erda har bir o'yin maksimal darajadagi etibor va koncentraciyani talab qiladi.

Yangi mavsum oldidan o'zingizga qanday maqsadlar qo'ydingiz?

Mening asosiy maqsadim — jamoaga maydonda ham, undan tashqarida ham imkon qadar ko'proq yordam berish. Barqaror o'yin ko'rsatish, yaxshi natijalarga erishish va jamoaning chempionatda rivojlanishiga hissa qo'shishni xohlayman. Shaxsan men uchun foydali bo'lish, o'z darajamni tasdiqlash va "Qo'qon-1912" bilan muvaffaqiyatli mavsum o'tkazish juda muhim.

Reyting: -1   

Fikrlar

   
14 jan 14:31:59
Akbar Umarov
Ana bo'lmasam keyingi yilda Andijondan Jamshid Boltaboevni transfer qilsanglar Jamshidni armoni qolmasdi. SHunda Jamshid Vodiydagi 4 komandada oynagan kam sonli balki yagona Futbolchiga aylanarmidi
   
14 jan 11:22:17
Abb
Мурабий сабаб булиб Кукон 1912 жамоаси про лигага тушиб кетмаса булди. Бу тренер трикчилик сабаб бизи камандага келиб колди бу тренирда хеч нима йук. Бабаяни айтганини килади 2026 йил жуда кийин булади бизи камандага Оллохим сабир берсин узимга.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика