So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. Бугун 18-тур якунланади  0 07:10Суперлига. "Навбаҳор" дербида ғалаба қозонди, "Шўртан" “Қўқон-1912”га ютқазди, ОКМК - "Қизилқум" баҳсида эса нурсиз дуранг  0 01:26Элдор Мойлиев: "Суперлигада ҳамма жамоалар тенг кучли, кимнинг омади келса шу ютиб кетяпти"  2 01:19Баҳром Ҳайдаров: "Узоқ кутилган ғалабага эришдик"  0 00:46Доннарумма "ПСЖ"дан кетади: "Кимдир мени жамоанинг бир бўлаги сифатида кўришни хоҳламади"  6 00:16"Реал Мадрид" мавсумолди ўртоқлик учрашувида Австрия клубини йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  4 23:56Максим Шацких: "Ҳатто ютганимизда ҳам дурангга лойиқ ўйин бўлди дердим"  18 23:20"Ливерпуль" "Парма" ҳимоячисини сотиб олмоқчи. Футболчига А Серия грандларидан ҳам қизиқиш бор  0 22:55Левандовски "Олтин тўп"ни ким қўлга киритиши мумкинлиги ҳақида гапирди  7 22:31Суперлига. Аутсайдерлар тўқнашувида "Қўқон-1912" сафарда "Шўртан"ни енгди  11 22:30Сергей Лушчан: "Бу ғалаба жамоамизга олдинга қараб ишлаш ва ривожланиш учун туртки беради"  13 22:10ПСЖ Доннарумма учун 50 миллион евро сўрамоқда. "Манчестер Сити" бу суммани кўп деб ҳисобламоқда  2 21:35Миржалол Қосимов: "Адолатли дуранг қайд этилди, сабаби..."  3 21:34Расман: "Ман Сити" Грилишни "Эвертон"га ижарага берди  0 21:12Акмал Рустамов: "Қизилқум" ҳимоявий футбол ўйнамоқда деб кўп гапиришяпти, мен ушбу фикрга қўшилмайман"  1

To'labek Akramov: “Yangi mavsumda yangi marralarni zabt etmoqchimiz” Yangiliklar

To'labek Akramov: “Yangi mavsumda yangi marralarni zabt etmoqchimiz”

O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi keyingi haftada Osiyo chempionlar ligasi musobaqasi guruh bosiqichida o'z ishtiroki bilan yangi mavsumni boshlaydi.

Biz jamoa bosh direktori o'rinbosari To'labek AKRAMOV bilan uchrashib, o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

- O'tgan yil boshida rahbariyat tomonidan jamoamiz oldiga eng yuqori maqsad -  O'zbekiston chempionati va kubogi bahslarida g'olib chiqish, Osiyo chempionlar ligasida esa finalga chiqish vazifasi qo'yilgan edi, -deydi  To'labek Abrarovich. -Avvalgi yillarda ham biz aynan shu kabi maqsadlar bilan harakat qilgan bo'lsakda, vazifani bajarishga doim nimadir halaqit qilib qolardi.

O'tgan 2016 yilgi mavsum biz uchun omadli kelib, nihoyat chempionat oltin medallariga erishdik. O'zbekiston kubogi finalida “Nasaf”dan ustun kelib sovrinlarimiz sonini oshirib oldik. Albatta, bu natijalarga o'z-o'zidan erishilgani yo'q. CHempionat bahslarida ayrim o'yinlarda – “Metallurg”, “Buxoro” singari jamoalar bilan bo'lgan bahslarda, ochko yo'qotdik. Uchta frontda kurash olib borganligimiz sababli jamoa o'yininda jismoniy tomondan pasayish kuzatildi. SHu sabab ikkinchi davrada bazi o'yinlarda kutilmagan natijalar qayd etildi. SHunga qaramay, yigitlar matonat bilan to'p tepib, jamoa o'z tarixida O'zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazovor bo'ldi. Umuman olganda, jamoaning o'tgan yili ko'rsatgan natijalari klub rahbariyatini qoniqtirdi, deb ayta olaman. O'z navbatida jamoamizni mavsum davomida qo'llab qo'vvatlab kelgan  bosh homiy - “O'zbekiston temir yo'llari” akcionerlik kompaniyasiga, homiylar, hamkorlarimiz va barcha muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.



- O'tgan yili “Nasaf”ning bir necha yillik etakchisi Artur Gevorkyan kutilmaganda mavsum yarmidan “Loko”ga ko'chib o'tdi. Ammo mavsum yakunlangach, u bilan shartnoma uzaytirilmadi. Buni qanday izohlaysiz?
- Gevorkyanni jamoamiz safiga qo'shib olishimizdan maqsadimiz – OCHL o'yinlariga jamoamiz safini kuchaytirish edi. Bilamiz, Artur bir necha yillardan “Nasaf”da haqiqiy etakchilik va to'purarlik qobiliyatini namoyish etib kelayotgan edi. Ochig'ini aytishim kerak,  o'zim ham “Nasaf” jamoasini o'yinlarini qiziqish bilan tomosha qilaman, garchi bu jamoa bizning principial raqib bo'lsa ham. Jamoa o'yini aynan Gevorkyan orqali qurilardi. Standart vaziyatlar, jarima to'plari, penalti – bularning barchasi aynan shu futbolchi tomonidan amalga oshirilib kelardi. U o'ng qanot yarim himoyachisi bo'lgani bois, biz aynan shu chiziqni kuchaytirish maqsadida uni jamoaga taklif qilgandik. Mavsum yakunlangach, biz Arturning “Lokomotiv”da ko'rsatgan o'yinini tahlil qilib chiqdik. To'g'risi, u biz kutgan o'yinni ko'rsatib bera olmadi. Murabbiylar shtabi tomonidan unga etarlicha imkon berildi. Ammo bu chiziqdagi raqobatda Bikmaev undan ustunlik qila boshladi. Qolaversa, Gevorkyan legioner futbolchi hisoblanadi. Legionerlarga esa talab boshqacha bo'ladi. SHu sabab bu poziciyada kuchliroq legioner futbolchini jalb etish uchun, Gevorkyan bilan mavsum oxirida do'stona xayrlashdik. O'rtamizda hech bir tomonlama muammo bo'lmadi. U bizdan rozi bo'lib ketdi.

- Jamoa oldidagi vazifalar yangi mavsumda ham o'zgarmaydi. SHundaymi?
- Albatta. Ichki musobaqalarda g'olib chiqish va OCHLda minimum maqsad finalga chiqish. Finalga chiqolmasak, guruhda qoldik nimayu, chorak finalda to'xtadik nima?! SHu sabab oldimizga katta maqsadlarni qo'yib, bu ishlarni amalga oshirish uchun astoydil amaliy harakatlarni boshlaganmiz.

- Yangi mavsum oldidan jamoani bir qator etakchi futbolchilar tark etdi. Temurxo'ja Abduholiqov, Sanjar SHoahmedov, Yanichich va boshqalar... Jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilar ularning o'rnini bosa oladimi?
- O'tgan yili OCHLdagi ishtirokimiz bois  bir qator etakchi futbolchilarimizga talabgorlar ko'paydi. SHu sabab futbolchilarga boshqa jamoada o'zini ko'rsatishlariga imkon berdik. O'ylashimcha, ularning o'rnini bosa oladigan futbolchilarni jalb eta oldik. O'ng qanotda “Nasaf”dan SHuhrat Muhammadievni jalb etdik. Bu futbolchini, menimcha, har bir oliy liga jamoasi o'z safida ko'rishni istaydi. Ikki nafar afrikalik legionerlar – hujumchi va markaziy himoyachi bila shartnoma tuzdik. “Neftchi”dan Murod Bobojonov, “Buxoro”dan Salamat Quttiboev, “Paxtakor”dan Jaloliddin Masharipov, “Olmaliq”dan Diyor Turopov jamoamiz safini to'ldirdi. Undan tashqari Temur Usmonov ijaradan qaytdi. SHu bahonada jamoamiz tarkibini yoshartirish bilan birga tarkibni jamoani tark etganlardan hech bir jabhada qolishmaydigan futbolchilar bilan kuchaytirib oldik, deb o'ylayman.

Umuman olganda, yangi mavsumga  jamoa tayyorgarlikni Dubay va Antaliyada olib bordi. Yig'inda futbolchilarning ruhiy va jismoniy tayyorgarligiga katta etibor qaratildi. Bir so'z bilan aytadigan bo'lsak, jamoamiz yangi mavsumga shay va yangi g'alabalar, yutuqlarni qo'lga kiritib, muxlislarni xursand qilish niyatidamiz.
 

Aziz NURIY suhbatlashdi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика