So’nggi yangiliklar

17:38"Қўқон-1912" 8 йиллик танаффусдан сўнг Ғузорда ғалаба қозона оладими?  0 17:31Суперлига. ОКМК - "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 17:00Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 4 ўйиндан бери "Андижон"ни ютолмаяпти  0 16:39АПЛ клублари А Серия клубларига қараганда 500 баравар кўп (!) пул сарфлади  3 16:12Испания футбол федерацияси "Барселона" АҚШда ўйин ташкил этишига рози. Энди УЕФАнинг рухсати керак  1 15:44Мали U-17 Ўзбекистон U-16 терма жамоаси дарвозасини 5 марта ишғол қилди  20 15:32Рустам Акрамов хотирасига бағишланган мусобақа бўлиб ўтди  0 15:18ОФК Чақирув Лигаси саралаши. "Фальконс" "Тайчун"дан устун келди, ўзбекистонлик ҳужумчидан дубль!  1 14:50"Сўғдиёна"да синовли саҳифалар старти — Иван Бошковични олдинда нималар кутяпти? У ёзда жамоани кучайтира олдими?  2 14:27Расман: ПСЖ украиналик ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 14:05"Пахтакор-79" хотирасига ҳурмат бажо келтирилган, жамоалар дурангга рози бўлган "Динамо" – "Пахтакор" баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 13:31"Андижон" – "Навбаҳор" ўйинини ким шарҳлаши маълум  27 13:01"Хоразм" билан ўйинда "Бухоро"ни ким бошқариши маълум  2 12:35ОФК Чақирув лигаси. Ўзбекистонлик ҳакамлар Сурия ва Бангладеш жамоалари ўртасидаги учрашувда ишлайди  0 12:13Игорь Сергеев: "Ҳакамларга ўйин борасида жиддий саволлар бор. "Пахтакор-79" билан боғлиқ фожиани унутмаслик лозим"  3

Rustam Akramov xotirasiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi Yangiliklar

Rustam Akramov xotirasiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq ustozi Rustam Akramov 2022 yil 15 fevral kuni vafot etgandi.

"Kecha, 11 avgust kuni Rustam Akramov tug'ilgan kunda Toshkent viloyatidagi qishloq stadionida uning xotirasiga bag'ishlangan bolalar turniri va uning taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Har bir inson hayotida bo'lgani kabi unda ham ko'tarilishlar va qiyinchiliklar bo'ldi, lekin futbolga xizmat qilishda yorqin namuna bo'ldi. Bolalar turniri tashkilotchilariga minnatdorlik bildiraman, juda tasirlandim va chuqur tazim qilaman!", – deydi marhumning jiyani Alisher Aminov.

 



Rustam Akramov haqida

Malumoti oliy — 1970 yilda O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining futbol bo'limi (ixtisosligi — futbol murabbiyi)ni tamomlagan. Keyin Moskva jismoniy tarbiya instituti aspiranturasini o'qib, 1975 yilda «Terma jamoalarni saralash va tayyorlash usullarini tadqiq qilish» mavzusida nomzodlik dissertaciyasini himoya qildi.

Aspiranturadan so'ng 1975–1987 yillarda o'qituvchi, futbol kafedrasi mudiri, fakultet dekani sifatida ishladi. Shu bilan birga «Paxtakor» (Toshkent) jamoasi bosh murabbiyining ilmiy maslahatchisi bo'ldi.

1987–1989 yillarda Jazoir Milliy universiteti futbol kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritdi. CSKA (Moskva) klubida stajirovka o'tgan va Franciyaning mashhur «Bordo» klubida malaka oshirgan. Ingliz, francuz, rus va o'zbek tillarini erkin bilardi.



Ilmiy ishlari

30 dan ortiq yirik ilmiy asar, 100 dan ziyod ilmiy maqola va 6 ta futbol bo'yicha kitob muallifi. Uning murabbiy va mutaxassislar uchun yozilgan «Futbolda o'yin va mashg'ulot yuklamalari» (2002 y.) kitobi qisqa vaqt ichida ikki marta nashr etildi, hozirda uchinchi nashri tayyorlanmoqda.

FIFA va OFKning etakchi mutaxassislari Rustam Akramov rahbarligida tayyorlangan «WORLDCUP2002» (statistika, tahlil va rivojlanish tendenciyalari) hisobotini yuqori baholashdi. Yosh o'zbek olimlari bilan hamkorlikda qator kitoblar chop etgan:

* «Yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash»
* «Istedodli yosh futbolchilarni saralash»
* «Futbolchilarni tayyorlashda akrobatik uslublarni qo'llash»
* «Futbol mashg'ulotlarini rejalashtirish»

Bu kitoblar ko'plab murabbiylar uchun qo'llanmaga aylangan. Uning kitoblari o'zbek va rus tillarida chop etilgan. Ikkita kitob va 30 dan ziyod ilmiy maqolalari Jazoirda francuz tiliga tarjima qilingan. 1990–2000 yillarda esa «Zamonaviy futbol» kitobi Hindistonda ingliz tiliga tarjima qilingan.

---

Futbolchilik faoliyati


1966 yilda «Paxtakor» futbol maktabini bitirgan. Maydondagi poziciyasi — markaziy himoyachi. 1965 yilda Toshkent viloyati «Politotdel» jamoasiga qabul qilinib, SSSR birinchi ligasida o'ynagan.

1968 yilda «Paxtakor» yuqori liga jamoasi (dubl tarkibi)ga chaqirilgan. 1968–1970 yillarda O'zbekiston talabalar terma jamoasi sardori bo'lgan. 1970–1972 yillarda SKA (Toshkent) jamoasida muvaffaqiyatli o'ynagan.

1972 yilda SKA (Toshkent) «Paxtakor»ni finalda mag'lub etib, O'zbekiston Kubogi sohibi bo'ldi. Shu yili Akramov yana «Paxtakor»ga qaytdi. Ustozlari sifatida Anatoliy Son, Idgay Tazetdinov, Vitaliy Suyunov, FIFA vice-prezidenti Sergey Savin, murabbiy Ishtvan Sekech, professor Mark Godik va OFK bosh kotibi Piter Vellappanlarni alohida ehtirom bilan yodga oladi.




Murabbiylik faoliyati


1973–1975 yillarda CSKA (Moskva) jamoasi qoshidagi bolalar-o'smirlar futbol maktabi murabbiyi bo'ldi. Yuriy Pshenichnikov, Albert Shesternev, Valeriy Chetverikov kabi mashhur futbolchilar bilan birga ishladi.

Shogirdlari Boris Kuznecov, Sergey Yagumin, Vladimir Siverin, Mixasevlar, Pavel Koval va boshqalar jahon yoshlar chempionlari va Rossiya yuqori ligasi etakchi o'yinchilariga aylandi.

1976–1987 yillarda O'zJTI va O'zbekiston talabalar terma jamoasi bosh murabbiyi, shu bilan birga Markaziy Osiyo respublikalarida murabbiylar tayyorlash bo'yicha rahbar.

1987–1990 yillarda Jazoir Milliy universiteti professori va universitet terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi. 1990 yilda SSSRdan birinchi bo'lib shaxsiy shartnoma asosida xorijda ishladi.

1990–1992 yillarda Jazoirning «USMA» va «Beni-Mesus» klublarida, 1992 yilda esa milliy terma jamoada bosh murabbiy bo'ldi. Fuqarolik urushi sabab shartnoma tugatildi. Turkiyaning «Ankaragyudjyu» klubidan taklif oldi, lekin Vatanga qaytishni istadi.

1992–1994 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasi va «Paxtakor» bosh murabbiyi sifatida XII Osiyo o'yinlarida chempionlikka erishdi. 1992–1994 yillarda 21 o'yin o'tkazib, faqat ikki do'stlik o'yinida mag'lub bo'ldi. FIFA reytingida O'zbekiston 158-o'rindan 78-o'ringa ko'tarildi.

1995–1996 yillarda Hindiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi. 1996–2000 yillarda OFKning Janubiy Osiyo mamlakatlari bo'yicha texnik direktori sifatida ishladi. 2002 yilda OFK va O'zbekiston futbol federaciyasi texnik direktori, so'ngra Markaziy Osiyo davlatlari bo'yicha texnik maslahatchi bo'ldi.



Mukofot va unvonlari


* 1994 yil — O'zbekistonda birinchi bo'lib «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy» unvoni berildi.
* Prezident farmoni bilan «Jasorat» medali bilan taqdirlandi.
* 2003 yil — Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib FIFA’ning «Oltin nishoni»ni oldi.
* O'zbekiston terma jamoasi Osiyo o'yinlari, Mustaqillik kubogi, Markaziy Osiyo o'yinlarida chempion bo'ldi.
* 1994 yilda 17 nafar futbolchisiga «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi» unvoni berildi, 16 nafar futbolchi «Jasorat» medali, 3 nafar futbolchi esa hukumatning faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.
* Hindiston terma jamoasi 8 yillik tanaffusdan so'ng xalqaro turnir g'olibi bo'ldi.
 

Ustozlar va do'stlar xotirasi


Mark Godik (Rossiya futbol ittifoqi sport departamenti direktori, professor): Akramov aspirantura paytida eng yaxshi talabalardan biri edi. Dissertaciyasida u Vladimir Filin nazariyasiga qarshi chiqib, yangi ilmiy yo'nalishni himoya qildi. Bu o'sha davr uchun katta jasorat edi. Barcha kengash azolari uning nomzodlik darajasini bir ovozdan maqulladi.

Sergey Mosyagin (SSSR va Rossiyada xizmat ko'rsatgan murabbiy): 1979 yil «Paxtakor» halokatidan so'ng yangi jamoa tuzishda Akramov yonimda edi. U bilan birga butun respublika bo'ylab yosh istedodlarni izlab topdik. Jamoaning asosiy qismi o'zbek futbol maktablari tarbiyalanuvchilari bo'lishiga erishdik.

Birodar Abduraimov (O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, Osiyo o'yinlari chempioni): Akramov milliy jamoaga kutilmagan taktik yangiliklar olib kirdi. U tarbiyalagan futbolchilar hali ham yuqori saviyada o'ynamoqda. Faqat u millat terma jamoasini qita chempioni darajasiga olib chiqqan murabbiy bo'ldi.
 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика