So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  1 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  7 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

Eldor Moyliev: "Superligada hamma jamoalar teng kuchli, kimning omadi kelsa shu yutib ketyapti" Yangiliklar

Eldor Moyliev: "Superligada hamma jamoalar teng kuchli, kimning omadi kelsa shu yutib ketyapti"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Qo'qon-1912" (1:2) uchrashuvidan so'ng "Sho'rtan" bosh murabbiyi Eldor Moyliev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Tezkor gol o'tkazganimiz o'yinimizda palapartishlik yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Ikkinchi bo'limda vaziyatlar bo'ldi, afsuski unumli foydalana olmadik.

- Tezkor goldan keyin nimani o'zgartirish bo'yicha ko'rsatma berdingiz?

- Alohida bir ko'rsatma berganimiz yo'q. Biz o'yinga tayyorlagan sxema bo'yicha to'p tepishda davom etdik. Chunki har bir o'tkazilgan goldan keyin alohida ko'rsatma bermaymiz. Faqat goldan so'ng o'yinimizda palapartishlik vujudga keldi. O'z o'yinimizni ko'rsata olmadik.

- Sizda B variant ham bormidi?

- Ikkinchi taymda taktik sxemamizni o'zgartirib 4-3-3ga o'tdik. Vaziyatlar ham bo'ldi, ammo foydalana olmadik.

- Jamoangiz "Bunyodkor" bilan tengma-teng o'yin ko'rsata olgandi. Lekin bugun shuni ko'rmadik.

- O'ylashimcha, charchoq alomatlari sezildi. Baribir har uch kunda maydonga tushish oson emas. Balki shu ham o'z tasirini ko'rsatgan bo'lishi mumkin. Superligada hamma jamoalar teng kuchli, kimning omadi kelsa shu yutib ketyapti. To'g'ri, ko'p klublarda mahoratli futbolchilar ko'p va asosiy ishni shular qilyapti. Lekin jamoa sifatida klublar bir-birida katta farq qiladi deb o'ylamayman.

- O'tkazib yuborilgan birinchi golda kim ko'proq xatoga yo'l qo'ydi?

- Falonchi xato qildi deb kimnidir aytmoqchi emasman. Hammamiz xato qildik. Baribir o'yinni tahlil qilib chiqamiz.

- Bugun "Sho'rtan" 6 ochko yo'qotdi deb hisoblaysizmi? 

- Ha.

- Jamoaga chet eldan murabbiy kelarmish degan gapni eshitdik.

- To'g'risi, bu gapdan bexabarman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика