So’nggi yangiliklar

08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  7 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11

Tokio-2020 2-saralash bosqichidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tdi Yangiliklar

Tokio-2020 2-saralash bosqichidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Bugun 2 aprel kuni O'zbekiston futbol associaciyasi binosida Tokio-2020 2-saralash bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlar oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi.

Matbuot anjumanida O'zbekiston, Vetnam, Gonkong va Iordaniya ayollar olimpiya terma jamoalari bosh murabbiylari qatnashishdi.


Matbuot anjumanidan fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling. FOTOGALEREYA



Bahrom Norsafarov (O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi): “Guruhimizdagi barcha terma jamoa azolarini Toshkentda ko'rib turganimdan xursandman. O'zbekistonga xush kelibsiz! Bizning terma jamoa saralashning birinchi bosqichida qatnashmadi. SHunga qaramay, hozirda biz yaxshi sport formasidamiz. Ikkita xalqaro musobaqada ishtirok etdik.

O'zbekiston futbol associaciyasi va Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati biz uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. SHunga yarasha biz ham sifatli futbol namoyish etib, oldimizga qo'yilgan vazifani uddalashga harakat qilamiz. Terma jamoa azolarining barchasi safda. 90 daqiqa maydonda to'p surish uchun ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan tayyormiz. Raqiblar haqidagi malumotlar bizda bor, lekin hammasi maydonda hal bo'ladi. Kim favorit ekanini o'yin ko'rsatadi. Barcha raqiblarga bir xil munosabatda bo'lamiz”.


Azzedin CHix (Iordaniya ayollar olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi): “O'zbekistonga tashrif buyurganimizdan xursandman. Musobaqa yuqori saviyada o'tishiga va barcha uchrashuvlar qiziqarli bo'lishiga ishonchim komil. Mening fikrimcha, barcha terma jamoalar bir xil imkoniyatga ega. Guruhdagi yaqqol favoritni ajratib ko'rsata olmayman”.


Rikardo Xose Rembo (Gonkong ayollar olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi): “Olimpiada saralashining ikkinchi bosqichiga yo'l olganimizdan xursandman. O'yinlar oson bo'lmasligi aniq. Bor imkoniyatlarimizni ishga solib, ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz. Biz Vetnam va Iordaniya bilan avval uchrashuv o'tkazganmiz. SHu sababli bu terma jamoaning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. Umuman olganda, guruhimizdagi barcha terma jamoalar kuchli. Vetnamni alohida ajratib ko'rsatish mumkin, sababi ular FIFA reytingida guruhdagi boshqa terma jamoalardan yuqoriroqda joylashgan” .

Men Gonkongda 20 yildan beri yashayman. Bu mamlakat men uchun begona emas. Biz terma jamoa o'yinini yaxshilash uchun katta hajmdagi ishni amalga oshirdik. Musobaqaga tayyormiz, deb ayta olaman”.



May Dak CHung (Vetnam ayollar olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi): “Toshkentda bo'lib turganimizdan xursandmiz. Ijobiy natija qayd etish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Mening fikrimcha, ushbu bosqichda barcha terma jamoalarning imkoniyati teng. Hammada kelgusi bosqichga chiqish uchun imkoniyat bor. Kurash qizg'in kechadi, deb o'ylayman”.


Matbuot anjumanidan fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling. FOTOGALEREYA

foto: Jahongir Fayzullaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика