So’nggi yangiliklar

21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  1 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  19 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  27 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4

Tokio sari yo'l: Uchinchi yo'llanma O'zbekiston va Avstraliya o'rtasida hal bo'ladi Yangiliklar

Tokio sari yo'l: Uchinchi yo'llanma O'zbekiston va Avstraliya o'rtasida hal bo'ladi

Tokio Olimpiadasiga Osiyo vakili sifatida boradigan ikkita jamoa aniq: Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni. Uchinchisi esa ertaga bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatining 3-o'rin uchun kechadigan bahsidan so'ng malum bo'ldi.

O'yin yakunida O'zbekiston yoki Avstraliya olimpiyachilari uchinchi yo'llanma sohibi bo'lganini bilib olamiz. 

O'zbekiston hali Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmagan. Avstraliya esa oxirgi marta 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida qatnashgan. U-23 Osiyo chempionati yarim finalida bizni mag'lub etgan Saudiya Arabistoni 1996 yilgi Atlanta Olimpiadasidan so'ng yana yo'llanmaga ega chiqdi. 

Janubiy Koreya olimpiya termasi ketma-ket 9-bor Olimpiadada ishtirok etadi. Koreyaliklar 2012 yil o'tkazilgan London Olimpiadasida bronza medallarga ega chiqqan. Navbatdagi Olimmpiya o'yinlarida Osiyodan to'rtta jamoa qatnashadi: Yaponiya (mezbon), Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va ... Oxirgi jamoani ertaga bilib olamiz. 

Hozircha Evropa, Afrika va Okeaniyadan kimlar ishtirok etishi to'liq malum bo'lib ulgurgan.

Evropa (4ta o'rin) - Franciya, Germaniya, Ruminiya, Ispaniya.

Okeaniya (1ta o'rin) - Yangi Zelandiya.

Afrika (3ta o'rin) - Misr, Kot-D'Ivuar, JAR. 

Osiyo (3ta o'rin) - Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, ...

Janubiy Amerika (2ta o'rin) - fevralda aniq bo'ladi.

Markaziy va SHimoliy Amerika (2ta o'rin) - mart oxirida aniq bo'ladi. 

Mezbon - Yaponiya.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика