So’nggi yangiliklar

17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  0 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  2 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  1 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  6 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  15 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  6 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0 13:42"Ньюкасл" Франция чемпионати голеадорига қизиқиш билдирмоқда  0 13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0 12:47"Мени дарвозабон сифатида муҳокама қилишларини хоҳлайман" — Шенсни  0 12:20Дурангдан қониқмадим  49 12:12БАА терма жамоасида Ўзбекистон билан ўйиндан аввал жиддий йўқотиш бор  8 12:01А Сериянинг сентябрдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0

Tojikiston xursand bo'laversin. Bizda boshqa reja bor Yangiliklar

Tojikiston xursand bo'laversin. Bizda boshqa reja bor

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Aleksandr Mochinov murabbiylik qilgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo CHempionatidan quruq qoldi. Bu biz uchun qo'rqinchlimi?

Natija yaxshi bo'lmagani ko'rinib turibdi. Bu eski rahbariyat olib borgan siyosatning asoratlaridan biri, xolos. Yangilari futbol ichiga endigina kirib kelyapti. Bu birinchidan.

Ikkinchidan, OFK o'smirlar va yoshlar futbolini etarli darajada isloh qilishi kerak. O'zimning shaxsiy qarashlarim bilan, uning hozirgi ahvolini talab darajasida deb bilmayman. CHunki solishtirishim uchun UEFA bor, ular qanday faoliyat olib borayotganini hammamiz ko'rib turibmiz.

Agar biz u qadar yaxshi bo'lmagan mexanizmga bog'lanib qolaversak, uning tasiridan chiqib keta olmaymiz. Angliyani misol keltirsam, “vuay-dod” deydigan kimdir topilyapti. Keling, Yaponiyani olamiz. Alisher Nikimbaevning “Championat.asia” saytiga bergan intervyusida yaxshi bir misol bor. Biz klublarni licenziyalash masalasini tartibga sola olmaganmiz va bunda OFKga bog'lanib qolgan joyimiz ham bor. Yaponiya esa o'sha OFKsiz ham klublariga talabni yuqori qo'ya oladi. SHuning uchun, yapon futbol klublari OCHL talablari haqida qayg'urmaydi ham, bu narsa ular uchun “chepuxa”.

Va albatta, yaponlar bolalar, o'smirlar, yoshlar futbolida ham OFKdan bir bosh balandroq turishga intiladi. Ular futbolni o'z qarichlari bilan rivojlantirib olganlaridan so'ng, Yaponiya termalari uchun qolgan raqiblar ham xuddi o'shanday “chepuxa” bo'lishi mumkin. Ayniqsa, katta futbolda. CHunki ular yoshlar futbolidan bir narsa talab qilmaydi. Masalan, Dilshod Nuraliev jamoasi yoshi katta futbolchilar evaziga OCH finalida yaponlarni yutib qo'yishi mumkin tasodif evaziga. Biroq o'sha tarkibdan baribir Germaniya yoki Italiyada to'p suradigan futbolchi chiqmasligi ham bor gap. Ammo yaponlarda chiqishi katta ehtimol, tarixda shunday bo'lib kelgan.

Men nima demoqchiman? Biz Tojikistonda mag'lub bo'lganimiz ham shunday. Bizni engib qo'ygan Tojikiston futbolchilari yaqin 5 yilda Osiyoni zabt etadigan salohiyatga ega emas, deb bilaman (adashgan bo'lsam, qo'shnilar uchun xursandman). Biroq Aleksandr Mochinov qo'li ostida kelajagi bor futbolchilar etarli, deb o'zimizni ishontirib turaylik. Biroq ayrimlar aytishyaptiki, biz 1-2 yosh katta futbolchilar bilan o'ynayyapmiz, Tojikistonda esa 3-4 yosh kattalar bor. Bu albatta tasdiqlanmagan malumotlar, biroq shunday bo'lib chiqsa, na O'zbekistonda va na Tojikistonda ajablanish bo'ladi, to'g'rimi?

Demak, 1-2 yosh kattalar bilan ham yutqazib kelyapmizmi, yaxshisi umuman yoshni “o'qlash” kerak emas. Yig'ishtirish kerak mutlaqo. Davlat hujjatini soxtalashtirish jinoyat, jinoyat bo'lganida ham uyushgan jinoyatchilik. CHunki bunda hujjatni beruvchi, futbolchining ota-onasi va o'zi, bazida uning ilk murabbiylari sherik bo'ladi. Agar biz qonun ustuvorligini taminlab, mana shundaylarni tinimsiz jazolasak, balki butunlay yo'qotmasak ham, har xolda ancha kamaytirarmiz. Jazo muqarrar bo'lsa, ajab emas, bu illat yo'qolib ham ketar.

Faqat shunda biz bu kabi mag'lubiyatlarni oddiy qabul qilamiz. Ishonamizki, Tojikiston 3 yosh katta futbolchilari bilan yutib qo'ydi o'zida, ko'ramiz, 3 yildan keyin kim qaerda bo'larkin, deb. Masalan, ular o'z jamoalarida yurganida, biznikilar Osiyo yoki Evropani egallayotgan bo'larmidi, demoqchiman.

Osiyoga moslashib qolish shart emas. Nikimbaev yaxshi misol keltirdi. Oxirgi marta yoshlar o'rtasidagi qita chempionatiga chiqa olmaganimizda, tarkibda Odil Ahmedov, Vagiz Galiulin, Vadim Afonin, Lutfulla To'raev, Kamoliddin Murzoev, Bahodir Pardaev va Bahodir Nasimov bo'lgan. Ularning hammasi o'z vaqtida legioner bo'la olgan futbolchilar.

Hozircha yaxshisidan umid qilish kerak. Plankani yuqori olsak, nasib bo'lsa yaxshirog'iga ham erisharmiz. Osiyo CHempionatiga borib, bir nimalik bo'lib qolmaymiz. CHiqa olmadikmi, yo'qolib ketmasin tarkib. O'zimiz borib, o'ynaylik o'sha yaponlar, koreyslar bilan. Buni muvaffaqiyatsizlik bilib, qo'lni siltab qo'ysak, hech narsaga erishmaymiz, menimcha. 

Muallif :
Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика