So’nggi yangiliklar

06:15ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ҳамда "Тоттенхэм" ўз майдонида ғалаба қозонди. "Ювентус" қўшиб берилган дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бенфика" эса "Қорабоғ"га ютқазди  11 00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  104 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   17 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  10 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

Tog'asining izidan borgan Rustam Ashurmatov 24 yoshga to'ldi Yangiliklar

Tog'asining izidan borgan Rustam Ashurmatov 24 yoshga to'ldi

Janubiy Koreyaning "Gvanju" klubi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi bugun 24 yoshni qarshi oldi.

Legioner sifatida xorijda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan, minglab muxlislarning yoqimtoyiga aylangan Rustam Ashurmatov millionlar o'yiniga kirib kelishi haqida shunday hikoya qiladi.

"Futbolga kirib kelishimga birinchi o'rinda tog'am, Baxtiyor Ashurmatov sabab bo'lganlar. Ularning o'yinlarini tomosha qilib futbolga qiziqishim paydo bo'lgan. Bobom xuddi tog'am sinagri futbolchi bo'lishimni istagan va Qo'qondagi "Kimyogar" futbol maktabiga olib borganlar. 6 yoshimdan "millionlar o'yini" sir asrorlarini o'rgana boshlaganman.

"Bunyodkor"ga qanday kelib qolganman? O'sha paytda jamoa nomi "Quruvchi" edi. Klub barcha viloyatlarda yosh futbolchilar ishtirokida turli musobaqalar tashkil etardi. Qo'qondagi musobaqada murabbiylar 20 nafar futbolchini tanlab olishgan va Toshkentga kelganmiz. Poytaxtda 20 nafar futbolchi o'rtasida ham tanlov bo'lgan hamda murabbiylar 3 nafar o'yinchini jamoaga qabul qilishni elon qilishgan. Mana shu uch futbolchi orasida men, Akrom Komilov va Ibrohim G'ofurov bor edi. SHu tariqa poytaxt jamoasiga kelganman".



Uning iqtidorini payqagan va jangchilarga hos harakatlarini ko'ra olgan o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev Rustam Ashurmatovni Erondagi Osiyo chempionati va BAAdagi Jahon chempionatiga olib boradi. Qahramonimiz o'ziga yuklatilgan ishonchni oqlayotgan, terma jamoada Ibrohim Abdullaev bilan ajoyib himoya juftligini hosil qilgandi. Amirliklarda o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi mundialning birinchi turida Panama darvozasini ishg'ol qiladi. Keyingi yillarda ham u yoshlar terma jamoamizning muhim figuralaridan biriga aylandi. Yoshlar terma jamoamizga ustozlik qilayotgan Ravshan Haydarov Ashurmatovga ishonch bildirishda davom etdi. 2015 yil Yangi Zellandiyadagi Osiyo chempionatidan so'ng O'zbekiston chempionatining ikkinchi davrasida "Bunyodkor" jamoasi asosiy tarkibiga jalb etildi. Tez orada yosh Ashurmatov jamoa mudofaa chizig'ining ishonchli vakiliga aylandi. Bu paytda u 19 yoshda edi. 2016 yilgi mavsumda u "Bunyodkor"ning alishtirib bo'lmas futbolchisi sifatida gavdalandi. O'sha mavsumda u xorvatiyalik Yuritsa Bulyat bilan metin himoya qo'rg'onini hosil qildi. Natijada "Bunyodkor" ushbu mavsumda o'z darvozasidan eng kam to'p olib chiqqan jamoa bo'ldi, 30 ta uchrashuvda 13ta gol o'tkazib yuborish yuqori ko'rsatkich sanalardi. Yakunda esa jamoa bilan birga kumush medallariga ega chiqdi.



2018 yil Xitoyda o'tkazilgan Osiyo chempionatida olimpiya terma jamoasi tarkibida oltin medallarga sazovor bo'ldi. Finalda Vetnam darvozasiga gol urdi. Qaysidir manoda g'alabaga katta hissa qo'shdi deya olamiz.

O'tgan mavsum avvalida faoliyatida ilk bor legioner maqomini oldi va Janubiy Koreyaning "Gvanju" klubiga ko'chib o'tdi. Yangi jamoasiga tezda moslashib olgan Rustam Ashurmatov hozirga qadar jamoasining muhim futbolchisi sifatida to'p tepib kelmoqda.

Saytimiz ijodkorlari nomidan Rustam Ashurmatovga sog'lik va salomatlik, faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz!


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика