Tite: "Neymar – jamoa etakchisi. U boshqalarning o'yinini ham kuchaytiradi"
06 dek 2022 14:43
Yangiliklar
Tite: "Neymar – jamoa etakchisi. U boshqalarning o'yinini ham kuchaytiradi"
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite jarohat tufayli ikki o'yinni o'tkazib yuborgan, Janubiy Koreya bilan bahsda maydonga tushgan Neymar haqida gapirdi.

"U jamoaning etakchisi. Uni doimo maydondan izlashadi. Har bir o'yinchimizning o'ziga xos mahorati bor, Neymar esa – boshqalarning o'yinini kuchaytiradigan markaz.
Agar muvozanat bir lahzaga buzilsa, mag'lubiyat ehtimoli ortadi.
Tarkibingizda shunday futbolchilar bo'lsa, ularni maydonda to'g'ri joylashtirishingiz, to'psiz o'ynashni uqtirishingiz, orqa chiziqni qo'llab-quvvatlashni aytishinigiz muhim. Masalan, Deylik, ikki qanot himoyachimizning o'rni muhimroq. Bu biz muvozanatni saqlashga harakat qilayotgan tirik mexanizm", – dedi Tite.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar