Tite Italiya terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etmasligiga izoh berdi
14 noy 2022 19:44
Yangiliklar
Tite Italiya terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etmasligiga izoh berdi
Italiya terma jamoasining jahon chempionatiga chiqa olmagani haqida Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite fikr bildirdi.
"Italiya jamoasining Evropa chempionatidagi g'alabasidan keyin bunday bo'lishini hech kim taxmin qilmagandi. Kechirasiz, lekin bu futbolning naqadar g'alati ekanligini yana bir bor isbotlaydi”, - dedi Tite italiyalik jurnalistlarga.
Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi ayni damda “Yuventus” bazasida jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Qatardagi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi Serbiya, SHveycariya va Kamerun terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar