So’nggi yangiliklar

18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  2 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  1 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  10 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  2 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  7 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5

Timur Turdiev: “Jamoa g'alaba yo'lida harakter ko'rsatishdi” Yangiliklar

Timur Turdiev: “Jamoa g'alaba yo'lida harakter ko'rsatishdi”

Pro-liganing 10-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Xorazm" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Turdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin borasida

“Juda qiyin o'yin bo'ldi. “Xorazm” kuchli jamoa ekanini ko'rsatib berdi. SHu o'rinda shogirdlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Oxirgi daqiqalarga qadar kurashdi va g'alaba yo'lida harakter ko'rsatishdi. Biz mazkur o'yinga puhta tayyorgarlik ko'rgandik. Muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. Ular ham bizni tinimsiz ravishda qo'llab-quvvatladi. Keyingi bahslarga ham tayrgarlikni davom ettiramiz va ijobiy natijalar ko'rsatmoqchimiz.

Arislan Yusupbaev borasida

Arislan Yusupbaev jarohatidan to'liq forig' bo'lmagan. SHu sababli uni asosiy tarkibda tushirmayapmiz. Bugungi bellashuvda ham zaxiradan safga qo'shilib, qahramon sifatida maydonni tark etdi deya olaman. 

Qurbonov va Masharipovni tark etgani xususida

Mirjalol Qurbonov va Temur Masharipovni tark etgani borasida aniq malumotga ega emasman. Buni klub rahbariyatidan so'raganingiz maqul. CHunki men ko'p vaqt jamoa bilan birga bo'lmadim. SHu sababli bu savolga javob bera olmayman.

Moliyaviy holat borasida

Hozirda moliyaviy tomonlama muammolar bo'lib turibdi. Lekin tez orada vaziyatdan chiqib ketamiz. Bu vaqtinchalik holat deb bilaman. Rahbariyat takidlashicha, oyni yakuniga qadar barcha qarzdorliklar yopiladi. 

Hakamlar haqida

Hakamlar borasida gapira olmayman. CHunki ularning ishini ko'rib chiqadigan qo'mita bor.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика