So’nggi yangiliklar

13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  0 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  5 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  3 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  9 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  3 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  21 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  2 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  14 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  2 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  6 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  15 07:22Бугун ФИНАЛ  13 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1

Timur Kapadze: "Yomon o'ynamadik, ammo xatolarimiz tufayli mag'lubiyatga uchradik" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Yomon o'ynamadik, ammo xatolarimiz tufayli mag'lubiyatga uchradik"

Superliga 7-turi doirasida o'tkazilgan "Olimpik" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Qiziqarli kechgan uchrashuvda mag'lubiyatga uchradik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. O'zimning jamoam haqida gapiradigan bo'lsam, jamoa yomon o'ynamadi deb o'ylayman. Ayniqsa, birinchi bo'limda ancha yaxshi harakat qildik va o'yin nazoratimiz ostida edi. Ikkinchi bo'limda esa ustunlik tenglashdi. "Paxtakor" ham ancha qo'shdi. Xatolarni ko'rib chiqamiz va to'g'irlaymiz. Umuman olganda, yomon o'ynadik deya olmayman. Yigitlarga harakat qilishdi va ulardan minnatdorman.

- Birinchi bo'limda jamoangiz ustunlik qildi. Buni o'zingiz ham takidlab o'tdingiz, ammo ikkinchi bo'limda ustunlik sezilmadi va kuchlar tenglashdi. Jamoangizning ikkinchi bo'limda o'yini yomonlashganiga nima sabab bo'ldi?

- Balki charchoq bunga sababdur. Birinchi bo'limda yaxshi pressing qildik va o'yinni nazorat qildik. Ikkinchi taymda "Paxtakor" ham ancha o'ziga kelib oldi va endi biz qarshi hujumga o'tadigan bo'ldik. Raqib yaxshi himoyalandi deya olaman. Ikki taymda ham yaxshi o'ynadik, ammo turli hil futbol namoyish etdik. Tanaffusdan keyin jamoalar ancha ochildi va vaziyatlar paydo bo'la boshladi. Gollarni individual xatolar sababli o'tkazib yubordik. Autdan o'zatilgan to'p, birinchi golga olib keldi. Autdan gol o'tkazish yaxshi emas. Ikkinchi golda ham biroz tushunmovchilik bo'ldi, agar vaziyat so'ngiga qadar o'ynaganimizda gol o'tkazib yubormagan bo'lar edik. Ishlashda davom etamiz. Xatolarni to'g'irlashimiz kerak.

- Osiyo kubogidan qaytgan futbolchilar va jamoada qolgan futbolchilar o'rtasidagi farq sezilmoqdami? Osiyo kubogida ishtirok etgan futbolchilarda charchoq alomatlari sezilmoqdami? Klubda qolgan futbolchilar esa qisqa vaqt o'yin amaliyotisiz qolishdi. Tarkibdagi futbolchilarning ikki hil holati qanchalik muammo to'g'dirmoqda?

- O'zilish bo'ldi. Kubok bahslaridan so'ng orada o'zilish bo'ldi. Bog'lamlar va bir birini tushunish bo'yicha kichik muammolar kuzatilgan bo'lishi mumkin. Bu tabiiy holat. Osiyo kubogidan qaytib kelgan futbolchilarda jismoniy holat bo'yicha muammo yo'q deb o'ylayman. Kamchiliklarimiz o'yinda yaqqol ko'zga tashlanmadi. Yaxshi o'ynadik, ammo o'z xatolarimiz tufayli mag'lub bo'ldik.





Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика