So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Timur Kapadze Paulu Bentu haqida fikr bildirdi Yangiliklar

Timur Kapadze Paulu Bentu haqida fikr bildirdi

O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze Paulu Bentu haqida fikr bildirdi.

"Biz mashg'ulotdamiz. Ko'rdik, murabbiy kelganini. Kelishuv bo'lgani haqida xabarimiz yo'q. Bu terma jamoa vatan jamoasi uchun eng yaxshisi bo'lishini tilaymiz. Xayrli bo'lsin. Bu jamoani kim boshqarishidan qati nazar O'zbekiston terma jamoasi uchun muxlislik qilamiz. Men haqimda iliq fikrlar bildirganlarga minnatdorlik bildiraman. Barchaga rahmat aytaman.

Rahbariyat ham tajribali va JCHni ko'rgan mutaxassisni olib kelish niyatida. O'ylaymanki, bu balki yaxshilikka. Biz ham doim vatanimiz termasi uchun yordam beramiz. 

Rahbariyat qanday qaror qabul qilsa, biz buni qo'llab turamiz. Biz murabbiyga emas, terma jamoaga muxlislik qilamiz. Birinchi marta JCHga chiqdik. Vaqt oz qoldi va biz bu turnirga yaxshi holatda borishimiz lozim. Kim bo'lishidan qati nazar biz terma jamoaga foydamiz tegsa, xursand bo'lamiz. 

Terma jamoa uchun harakat qilish – sharaf. Biz bu libos uchun munosib bo'lishga harakat qilamiz. 

Xudoga shukrki, menga berilgan vazifani bajardim. 34 yillik orzuni amalga oshirdik. Bundan barcha xursand bo'ldi. Qolgan barchasi yaxshilikka bo'ladi. Ko'ryapsizlar, so'nggi yillarda yurtboshimiz tomonidan futbolni rivojlantirish uchun barcha ishlar amalga oshirilmoqda. Kelajagimiz bundan-da yaxshi bo'ladi. 

Biz o'z ustimizda ishlaymiz. Yanada kuchli bo'lishga harakat qilamiz. O'sha gap, terma jamoamiz yaxshi natijalarga erishishini tilab qolamiz. Biz bundan faqatgina xursand bo'lamiz", – dedi Kapadze.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика