Timur Kapadze: "O'mon bilan o'yinda legionerlar bizga yordam berolmaydi"
26 avg 19:22
Yangiliklar


Timur Kapadze: "O'mon bilan o'yinda legionerlar bizga yordam berolmaydi"
Terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze yig'inning ilk kunida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
"Assalomu alaykum. Yig'inga kirishdik. Oldinda bizni CAFA musobaqasi kutib turibdi. Albatta, hamma ham kelib ulgurmadi. Sababi bugun o'yin bor. Tarkibga ertaga qo'shiladiganlar ham mavjud. Sal keyinroq legionerlarimiz kelib qo'shiladi. Kimdir 8-kuni, kimdir boshqa kuni keladi. Mavjud futbolchilar bilan yig'in o'tkazmoqdamiz. Birinchi o'yinimiz 30 avgust kuni. Bu o'yinga astoydil tayyorlanamiz.
Terma jamoada har bir futbolchining o'rni bor. Albatta, Jaloliddin Masharipov – har bir termani kuchaytiradigan o'yinchi. Bu futbolda uchrab turadigan holat. O'ylaymanki, tezda tuzalib, safga qaytadi.
Bilasiz, O'mon terma jamoasiga yangi murabbiy kelgan – bu Karlush Keyrush. U yaxshi darajadagi murabbiy. O'monliklar 6-7 kundan beri Turkiyada yig'in olib bormoqda. O'mon bilan o'yinda legionerlar bizga yordam berolmaydi. Boshqa futbolchilarga tayangan holda o'ynaymiz. O'ylashimcha, O'mon ularni sinab ko'rish uchun ham yaxshi sparring-raqib bo'la oladi. Har bir jamoaning o'z vazifasi bor. Bizda ham shunday. Har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga va futbolchilarning imkoniyatlarini ko'rib chiqishga harakat qilamiz", – dedi Kapadze.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston CAFA musobaqasidagi yurishini 30 avgust kuni O'mon bilan o'yin bilan boshlaydi. Uchrashuv "Olimpiya" stadionida 19:30 da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Мисрга тенгма -тенг ўйинда 0-1 га ютказдик. Миср гуруҳ босқичида Испанияни хам ютиб груҳда биринчи бўлди ва ярим финалда майдон эгалари Францияга қўшимча вақтда ютказиб тўртинчи ўринни эгаллади. Испания финалда Францияни ютиб Олимипада чемпиони бўлди. Хеч қандай шарманда бўладиган холат бўлмади. Ўзбекистон ўта кучли гуруҳга тушиб қолди ва озгина омад хам етишмади.