So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  2 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  1 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  11 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  10 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  14 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  26 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  7

Timur Kapadze: "Milliy terma jamoa manfaati hamma narsadan ustun, lekin bizning imkoniyatlarni ham inobatga olish kerak" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Milliy terma jamoa manfaati hamma narsadan ustun, lekin bizning imkoniyatlarni ham inobatga olish kerak"

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Tojikistonga qarshi nazorat uchrashuvidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- Nazorat bahsi ikkala jamoa uchun ham foydali bo'ldi deb o'ylayman. Ikkala tarkibni maydonga tushirdik hamda yigitlarning hozirgi darajasini sinovdan o'tkazdik. O'rtoqlik uchrashuvi bilan rasmiy o'yinning farqi bor, lekin kamchiliklarni ko'zdan kechirish uchun ushbu bahs zarur edi. Umuman olganda, o'yin yaxshi ruhda o'tdi. Biz g'alaba qozondik, ehtimol, bundan-da yaxshiroq natijaga erishishimiz mumkin edi. 

- Sizda nazorat o'yinlari bo'yicha bir princip mavjud: ikkala taymda ikki xil tarkib maydonga tushirasiz. Yaqinlashib kelayotgan musobaqa oldidan ham shu ishni takrorladingiz. Bu rasmiy o'yinlarda asosiy tarkib tanlashda muammo yuzaga keltirmaydimi?

- Yo'q, ularning ko'pchiligi turli jamoalardan tashrif buyurgan. Ularning o'yinini ko'rishim kerak. Mashg'ulotda ular kuchini maksimal sarflamasligi mumkin. Ularning fikrlashi, harakatlarini faqatgina o'yin ko'rsatib beradi. SHu bois, ularni o'ynatmasdan turib, holatini bilib bo'lmaydi. Agar ikki o'yin o'tkazilib, ikkala tarkib ham 90 daqiqadan harakat qilganda, soz bo'lardi. Ammo bunga imkon bo'lmadi. Bir futbolchiga 45 daqiqa kamlik qiladi, lekin kerakli kamchiliklarni belgilab oldik. 

- Bu rasmiy o'yinlar oldidan so'nggi nazorat bahsi edi. Saralash bahslari oldidan shogirdlaringizning jismoniy holatidan ko'nglingiz to'qmi?

- Bilasiz, hozir chempionat bahslari davom etmoqda. Kimdadir o'yin amaliyoti etarli, kimdadir kamroq. Biz jismoniy tarafdan ham tayyorgarlik olib bordik. Bugungi o'yindan so'ng ikki kun tiklanish jarayoni bo'ladi. SHundan so'ng, dastlabki o'yinimizga to'rt kun qoladi. Hali 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibni aniqlash lozim. Sababi, har bir o'yinchi o'zini yaxshi ko'rsatmoqda hamda yakuniy tarkibga kirishni istamoqda. Bu bir tarafdan xursand qiladi, ammo ro'yxat cheklangan. Norchaev, Yo'ldoshev kabi ko'p o'yinchilar hali kelmagan. Ibrohimxalilda kichik jarohat bor, oxirgi o'yinda maydonga tushmadi. Uning holatini ko'zdan kechiramiz.

- O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanec shogirdlaringiz Xojimat Erkinov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev va Husayn Norchaevni MTJga yig'iniga chaqirishni so'ragan. Eshitishimizga qaraganda, siz ularni guruh bosqichidan keyin qo'yib yuborishni aytgansiz. 

- Ha, ular soni besh nafar edi, lekin uchtasini aniq chaqirmoqchi bo'ldi. O'FA bilan bu masalada suhbatlashdik, MTJ uchun ular zaxira varianti bo'lsa, biz uchun asosiy tarkib futbolchilari sanaladi hamda ularning jamoada bo'lishi qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Buni tushuntirishga harakat qildik, ular o'ylab ko'rishini aytishdi. Biz yakuniy ro'yxatni aniqlagach, keyinroq ularni jalb qilolmayiz. MTJ manfaati hamma narsadan ustun, lekin bizning imkoniyatlarni ham inobatga olish kerak. Biz Osiyo miqyosidagi katta turnirda ishtirok etamiz, MTJ raqiblarini esa unchalik kuchli deb o'ylamayman. MTJga nomzodlar etarlicha. Futbolchilar shu erda qolishsa, xursand bo'lardim, lekin rad etsa, buni o'ylab ko'rish kerak. Katanec ham bu holatni to'g'ri tushunadi, deb o'ylayman. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика