So’nggi yangiliklar

13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   8 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  4 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  11 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  11 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  23

Timur Kapadze kim? Xaloskor yoki... Yangiliklar

Timur Kapadze kim? Xaloskor yoki...

Negizi yoshlardan tashkil topgan "Olimpik" kecha Superligaga o'tish o'yinida "Mashal"ni mag'lub etdi.

Qarang, bir yil oldin ushbu futbolchilar o'rinbosarlar safida yurgan, hech kim tanimas va bilmasdi. Bugun esa ular nimalarga qodirligini ko'rsata olishdi. Bunda esa Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabi katta hajmdagi ishni bajardi. Gohida shunday bo'ladiki, murabbiy qo'l ostida yulduzli tarkib yig'ilganiga qaramasdan hech qanday natija ko'rsata olmasligi mumkin. Lekin jamoangdagi kamtarin va nomdor bo'lmagan tarkib bilan natija qilish bu - mahorat. Timur Kapadzeda yillar o'tgani sayin mana shu mahorat shakllanmoqda. Bunday fikr yuritishga asoslarimiz bor. 


2019 yil "Lokomotiv" o'rinbosarlari bilan birinchi davradan so'ng chempionlik va "Qo'qon-1912"ni Superligada olib qolish missiyasi.


2019 yilda "Lokomotiv" o'rinbosarlarini qabul qilib olgan mutaxassis debyut mavsumidayoq natija ko'rsatishga erishdi. SHu kungacha yosh "temiryo'lchilar" hech qachon turnir jadvalida birinchi pog'onada bo'lmagan.  "Lokomotiv" yoshlari o'sha mavsumni Rifat Akramxo'jaev qo'l ostida tugatgan bo'lsada, mazkur muvaffaqiyatda poydevorni qo'yib bergan inson Timur Kapadze bo'ldi, deya olamiz. Bu paytga kelib Superligada kurash qiziyotgan, "Qo'qon-1912" esa jon saqlash yo'lida juda qiyin ahvolga tushib qolgandi. Ikkinchi davrada Qo'qonga yo'l olgan Kapadze qisqa fursatda garchi norasmiy maqomda ishlagan bo'lsada, bosh murabbiy Aziz To'xtaboev bilan o'yinni to'g'ri yo'lga qo'yishga erishdi va yakunda "shunqorlar" Superligada qolish vazifasini uddaladi. Fakt, "Qo'qon-1912" birinchi davradan so'ng 13ta o'yin, 1ta g'alaba, 5ta durang, 7ta mag'lubiyat, 8 ochko oxirgi o'rinda ketayotgandi. Ikkinchi davrada 13ta o'yin, 5ta g'alaba, 3ta durang, 5ta mag'lubiyat 18 ochko, 11 o'rin bilan Superligada qolishga erishdi. Xaloskor rolida -  Timur Kapadze. 


2020 yil "Lokomotiv" bilan takrorlangan scenariy yoxud Kapadze yana "qutqaruv"chi

SHu kungacha yuqori o'rinlarni zabt etib kelgan, chempionlik unvonini himoya qilishga harakat qilayotgan "Lokomotiv" o'tgan yili murakkab vaziyatga tushib qoldi. Bu natijalarda, futbolchilarning kayfiyati va o'yinida aks etardi. Ayniqsa "Paxtakor" (0:7), "Nasaf" (0:4) jamoalaridan uchralgan mag'lubiyatlar tom manoda ishtiyoqni so'ndirdi. Klub esa "qutqaruv"chi roliga o'zi uchun begona bo'lmagan Kapadzeni taklif qildi. Qisqa fursatda o'yin yaxshi tomonga o'zgardi va natijalar ham chakki ko'rinish olmadi. Fakt, ikkinchi davrada 13ta o'yin, 6ta g'alaba, 5ta durang, 2ta mag'lubiyat, to'plar nisbati 15-10, 23 ochko. Ikkinchi davrada ochko to'plash borasida "Paxtakor", "Nasaf"dan so'ng uchinchi o'rinda. Birinchi davrada 13ta o'yin, 4ta g'alaba, 9ta mag'lubiyat, to'plar nisbati 13-28, 12 ochko. Solishtirishingiz mumkin. 


2021 yil "Olimpik" bilan Superliga sari 

"Olimpik" jamoasi nega kerak, degan savolga Timur Kapadze kecha matbuot anjumanida ajoyib tarzda javob qaytardi. "Agar klublarda hamma sharoitlar bo'lganida "Olimpik"ni keragi bo'lmas edi". Darhaqiqat hamma jamoalarda ham o'rinbosarlar va yoshlarga etibor etarli emas. Yaratib berilayotgan sharoitga ortiqcha to'xtalmaymiz, kundek ravshan. Kapadze o'z klubida asosiy tarkibga kira olmayotgan futbolchilardan yaxlit jamoa tuzdi va buning natijasi shu yildayoq ko'zga tashlandi. Fakt, "Olimpik" Pro ligada "Neftchi", "Dinamo", "Nurafshon", "SHo'rtan" kabi jamoalarni yutdi. O'tish o'yinida "Mashal"dan ustun keldi. Ko'ryapsizmi? Mahorat, degan tushunchani mag'zini chaqdingiz, deb o'ylayman. Fakt, "Olimpik"ning o'rtacha yoshi 20,1 tashkil qilmoqda. Superligaga yo'llanma olgan "Neftchi" 27,8, "Dinamo" 25,8 hisoblanadi. Kecha mag'lub etilgan "Mashal"da o'rtacha yosh 26,5. 



Timur Kapadze uchun keyingi bosqich qaysi? 2022 yil...   

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика