So’nggi yangiliklar

16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  2 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 15:45ЖЧ-2026 саралаши. Япония - Австралия (Матнли трансляция)  4 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  5 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  30 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  25

Timur Kapadze kechagi konferenciya bo'yicha taassurotlari bilan o'rtoqlashdi Yangiliklar

Timur Kapadze kechagi konferenciya bo'yicha taassurotlari bilan o'rtoqlashdi

Kecha Anhor.uz sayti tashabbusi bilan Toshkentdagi "Radisson BLU" mehmonxonasining konferenciyalar zalida "O'zbekistonda sport tashkilotlarini boshqarish va jahon tajribasi" mavzusida konferenciya tashkil etildi.

Ushbu tadbirda ikki nafar rossiyalik mutaxassis, shuningdek o'zimizdan bir qator futbol faxriylari, murabbiylar, OAV xodimlari hamda futbol kishilari ishtirok etishdi. Biz tadbirda qatnashganlardan biri "Lokomotiv" sardori Timur Kapadze bilan bog'lanib, bir nechta savolga javob oldik. 

- Kecha bo'lib o'tgan konferenciyada siz ham ishtirok etdingiz. Bundan qanday xabar topdingiz? 
- Konferenciya bo'lib o'tishidan bir kun oldin xabardor bo'ldim. "Lokomotiv" murabbiylar shtabiga yaqinda kelib qo'shilgan Andrey Fyodorov bir kun oldin men bilan jamoamiz bosh murabbiyi Andrey Miklyaevga Rossiyadan futbol mutaxassislari kelgani hamda futbol haqida maruza qilishlari, bu tadbirga bizlar ham taklif qilinganimizni aytdi. SHunda men konferenciya mavzusi bilan qiziqdim. Fyodorov mavzu asosan futbol to'g'risida bo'lishi, futbolni rivojlantirish uchun nimalar qilish kerakligi, shuningdek bolalar futboli haqida ham gaplar aytiladi degandan keyin ishtirok etish men uchun ham qiziq tuyuldi. 

- Taassurotlar qanday? 
- Endi taassurotlarga keladigan bo'lsam, Rossiyadan kelgan mutaxassislarni eshitdik, qolaversa o'zimizning futbol faxriylarimiz, murabbiylar, OAV xodimlari va futbolga aloqador kishilar bilan uchrashdik. Umumuan olganda, yaxshi taasurot qoldi. Menga shuningdek, Mirzahakim aka To'xtamirzaevning o'zbek sporti borasidagi maruzasi maqul keldi. To'g'ri, o'zbek futbolida muammolar ko'p, ammo Mirabror Usmonov rahbarligida futbolimiz yangi bosqichga chiqdi deb bemalol ayta olaman. Buni esdan chiqarish kerak emas. Oldinlari ko'p joylarda stadionlar bir ahvolda edi, qolaversa bolalar futboliga ham katta etibor qaratilmasdi. Lekin oxirgi yillarda ko'p stadionlar qayta tamirlanib, bazi joylarda yangitdan qurilib foydalanishga topshirildi. SHuningdek, bolalar futboliga bo'lgan etibor kuchaydi. 

- Anhor.uz saytida bir qator futbol faxriylari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevga rezolyuciya (qaror) jo'natgani haqida xabar chiqdi. Va ro'yxatdagilar orasida siz ham borsiz. Bu haqda nima deya olasiz?
- To'g'risini aytsam, men qo'ygan imzo tadbirning boshida bo'ldi va uning rezolyuciya (qaror) ekanligini bilmagan holda bizning murabbiylar imzo chekayotganda men ham qo'l qo'ydim. Men bu nima qog'oz deb so'raganimda, shu konferenciyada ishtirok etganingiz uchun degan javobni oldim. Bor gap shu. 

X.Xoliqov suhbatlashdi. 


Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика