So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  5 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  30 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Timur Kapadze: "G'alabaga munosibroq edik" Yangiliklar

Timur Kapadze: "G'alabaga munosibroq edik"

"Olimpik" - OKMK uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

 Timur Kapadze: "OKMKni g'alaba bilan tarbiklayman. Bahs qiyin o'tdi, uni ustiga havo ham issiq bo'ldi. Ikkala jamoa bunday havoda ancha kuch sarfladi. Birinchi bo'limda biz yaxshiroq o'ynadik deb o'ylayman. Gol ursak ham bo'lardi, ammo omad bizga kulib boqmadi. Ikkinchi taym teng kurashlar ostida o'tdi va penalti hammasini hal qildi. Xato qildik. Bu bahsni tahlil qilib, keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. Yaxshi va yomon tomonlarimiz bo'ldi. Asosiysi yigitlar oxirigacha kurashishdi."

- Hisob o'yinga mos bo'ldi deb o'ylaysizmi?

- Bahs teng kurashlar ostida o'tdi. Bizda ham vaziyatlar etarli bo'ldi. Kim birinchi gol ursa, g'alabani o'sha jamoa qo'lga kiritardi.

- "Olimpik" o'yinidan ko'nglingiz to'ldimi?

- Biz ko'p vaziyatlarda raqibdan yaxshiroq harakat qildik, g'alabaga munosibroq edik. OKMK ham yomon o'ynamadi. Biroq biz ularga ko'p imkoniyat bermadik. Hujumda yaxshiroq harakat qilsak bo'lardi, ulardan unumli foydalanishimiz kerak. Bu futbol, tajribali futbolchilar aqlli qarorlar qabul qilib, g'alabaga erishishdi. Mayli, bu mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqaramiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика