So’nggi yangiliklar

23:53Лига 1. ПСЖ 90+5 дақиқада урилган гол эвазига "Ницца"ни мағлуб этди  0 22:30АПЛ. Лондон дербисида "Тоттенхэм" ва "Челси" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  3 22:14Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Севилья"ни йирик ҳисобда таслим этди  1 22:00АПЛ. "Арсенал" меҳмонда ғалабага эришди, МЮ эса қийинчилик билан дуранг қайд этди  13 21:48Максим Шацких: "Футболчиларимиз учун хурсандман, жамоам кўрсатган ўйин менга ёқди"  7 21:36Исломбек Исмоилов 5 нафар Осиё чемпионини Жаҳон чемпионатига олиб кетмади  9 21:25Суперлига. "Андижон" - "Бухоро" 1:1  0 20:53Александр Хомяков: "Андижон мен учун қадрдон шаҳар, лекин бу ерга ютиш учун келгандик"  12 20:27Ширер "Ливерпул"ни танқид қилди  5 19:34"Женоа" Патрик Вийера билан хайрлашди  0 18:58Суперлига. "Андижон" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  38 18:437 та гол "Шўртан" - ОКМК ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 18:15"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани узайтиришга рози  1 17:39Омар Мармуш: "Бу борада Ҳусанов жамоада энг зўри"  7 16:54"Ҳужумда сенга эркинлик беришим учун яхшироқ ҳимояланишинг керак"  1

Timur Kapadze: "Dinamo" maydoni maysasi baland. Bunday holatda futbol o'ynash qiyin" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Dinamo" maydoni maysasi baland. Bunday holatda futbol o'ynash qiyin"

Coca Cola Superliga 20-turi doirasidagi "Dinamo" - "Olimpik" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Temur Kapadze o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Samarqandda qiyin o'yin bo'lishini bilardik. “Dinamo” turnir jadvalida oxirgi o'rinda bormoqda va shu sababli oson bo'lmasligini bilib turgandik. Bu o'yinda g'alaba qozonganimiz yanada yaxshi bo'lardi. Tanaffusdan keyin mezbonlar butun jamoa bo'lib himoyalandi. Bu esa qiyinchilik tug'dirdi. O'yinimizda kamchiliklar bor, bularni mashg'ulotlarda to'g'irlashga etibor qaratamiz. 

Hammamizga malum, Vadim Karlenovich jamoasi odatda to'pni o'zida ko'proq ushlaydi, pressingga etibor qaratadi. Bugun uning jamoasi tanaffusdan keyin butun jamoa bo'lib himoyalandi. Bu holatni ko'rmagandim. Balki bu natija ham “Dinamo”ni hozirgi vaqtda qoniqtirishi mumkin. Qarshi hujumda xato qilishimizni kutishdi. 

Birinchi davradagi “Dinamo” bilan hozirgisi o'rtasida farq bor. Har tomonlama o'zgarish bor. Bizda ham farq bor. CHunki jamoamiz yigitlari ancha o'sishga erishdi. Samarqanddagi maydonning maysasi baland. Bunday holatda futbol o'ynash juda qiyin. To'pni olib yurish, aldab o'tish holatlarida qiyinchilik tug'diradi. Umuman olganda, “Dinamo” jamoasi yomon emas, ularning keyingi o'yinlariga omad tilayman, - deydi Temur Kapadze o'yindan keyingi matbuot anjumanida.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика