So’nggi yangiliklar

09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  0 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  1 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  8 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  5 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  3 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  9 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  2 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  14 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  6 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  2 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  5 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  8

Timur Kapadze: "Biz barcha futbolchilarni tekshirib olishimiz kerak edi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Biz barcha futbolchilarni tekshirib olishimiz kerak edi"

U-23 Osiyo kubogi uchinchi turidan o'rin olgan O'zbekiston U-23 va Eron U-23 jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Vladimir Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yinda barcha yaxshi harakat qildi. Afsuski g'alaba qozona olmadik. O'yinga keladigan bo'lsak, uchrashuv shiddatli bo'ldi. Eronga g'alaba kerak edi. Biz keyingi bosqich yo'llanmasini hal qilgan bo'lsak ham, bu o'yinni muhim sanab, chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qildik.  Endilikda bor etiborimizni keyingi bosqich uchrashuviga qaratamiz. 

- Rotaciya haqida

- Biz barcha futbolchilarni tekshirib olishimiz kerak edi. Bugungi o'yin orqali ularni ruhiy va jismoniy tomondan sinab oldik. 

Bugungi uchrashuvda etarlicha vaziyatlar bo'ldi. Norchaev va Erkinovda ham ajoyib imkoniyatlar yuzaga keldi. Umuman olganda, hamma o'z ishini yaxshi bajardi. 

Keyingi uchrashuvlarga kelsak, kim tayyor bo'lsa, o'shalar maydonga tushadi. Biz oldimizga yuqori maqsad qo'yganmiz. SHu sababli, munosib futbolchilarni maydonga tushiramiz. Eng muhimi, hamma futbolchilarimizda asosiy tarkibda maydonga tushish uchun etarlicha potencial bor. Aytganimdek, kim tayyor bo'lsa, shu boshlang'ich tarkibdan joy oladi. 

Iroq terma jamoasi haqida gapiradigan bo'lsam, raqib kuchli jamoa. O'zi aslida, bu bosqichda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Iroqlik futbolchilar yaxshi harakat qilishadi. Biz ushbu o'yinga munosib tayyorlanamiz deb o'ylayman. 

O'zbekiston U-23 terma jamoasi darvozaboni Vladimir Nazarov:

- Keyingi bosqich bilan barchani tabriklayman. Hammamiz bu bosqichga chiqish yo'lida bor imkoniyatimizni ishga soldik. Bugungi o'yinga kelsak, bosh murabbiyimiz avvalgi uchrashuvda maydonga tushmaganlarga imkoniyat berishga qaror qildi. SHu sababli, biz ham bugungi o'yinda o'zimizning imkoniyatlarimizni namoyish etishga harakat qildik. O'ylaymanki, barcha jamoadoshlarim bugun yaxshi o'yin o'tkazishdi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика