So’nggi yangiliklar

22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  0 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  6 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  3 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  1 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  3 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  7 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  1 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  3

Timur Kapadze: "AGMK tajriba evaziga bizni mag'lub etdi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "AGMK tajriba evaziga bizni mag'lub etdi"

Coca-Cola Superligasining 25-turidan o'rin olgan AGMK - "Olimpik" (6:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun yomon o'ynamadik. Futbolda yaxshi o'ynab ham yutqazish mumkin. Umuman har ikki jamoa ham yaxshi o'ynadi. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi, foydalana olmadik. AGMK tajriba evaziga o'z vaziyatlarini golga aylantirdi va bizni mag'lub etdi. Yigitlarga ham shu haqida aytdim.

- Keyingi turda chempionlik uchun kurashayotgan "Nasaf" bilan o'ynaysizlar. SHunaqa o'yin oldidan mag'lubiyat yigitlarga tasir ko'rsatmaydimi?

- Albatta, har qanday mag'lubiyat o'z tasirini o'tkazadi. Biroq biz jamoamiz bilan bunday xolatdan chiqib ketamiz deb o'ylayman. Keyingi turda "Nasaf" bilan o'ynaymiz. Ular o'z oldilaridagi vazifani bajarish uchun harakat qilishadi. Biz ham o'z vazifamizni bajarish uchun o'ynaymiz va har bir o'yinda maksimal natija uchun harakat qilamiz. O'z maydonimizda o'ynaymiz, bu ham bizga qo'shimcha ustunlik beradi.

- Sizningcha, ushbu mavsumda qaysi jamoa chempion bo'ladi?

- Eng haqli jamoa chempion bo'ladi.

- Eng haqlisi kim deb o'ylaysiz?

- Bilmadim, fikrimcha "Nasaf" boshqalardan ko'ra haqliroq edi. Ularning egallab turgan o'rinlari ham buni ko'rsatib turibdi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика