So’nggi yangiliklar

21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  1 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  13 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  6 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  14 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  6 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  1

Tim Keyxill: "Men Gonduras bilan o'yinga tayyorman" Yangiliklar

Tim Keyxill: "Men Gonduras bilan o'yinga tayyorman"

Ertaga Avstraliya terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichining qitalararo pley-off bosqichida Gondurasga qarshi ikkinchi uchrashuvni o'tkazadi.

Xabaringiz bor, dastlabki uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilgan va endi Sidneyda bo'ladigan javob bahsidan oldin Avstraliya yaxshi imkoniyatga ega. 

Jamoa etakchisi Tim Keyxill OAVga bergan intervyusida javob o'yiniga tayyor ekanini aytib o'tdi. Malumki, u jarohat sabab birinchi o'yinda ishtirok eta olmagandi. Ertaga esa Avstraliya jahon chempionatiga borish masalasini hal qiladi. O'yin bizning vaqt bilan 14:00da boshlanadi. 

Keyingi yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga chiqish Tim Keyxill uchun oxirgi imkoniyat va buni hujumchining o'zi ham his qilib turibdi. Agar Avstraliya mundialga yo'l ola bilmasa, xuddi Italiyada Buffon qilgani kabi Keyxill ham terma jamoa bilan xayrlashishi mumkin. 


37 yoshli hujumchi ertangi muhim bahs oldidan shunday dedi: 

"Men Gondurasda mashg'ulot o'tkazdim, lekin tizzamdagi og'riq bezovta qilib ertasi kun maydonga tusha olmadim. Eng muhimi, u erda yutqazib qo'ymadik va o'z darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik. To'g'ri, maydon yaxshi holatda emasdi, umuman ikkala jamoa ham bir xil sharoitda o'ynadi". 

"Safarda 0:0 yaxshi, lekin vazifa hali bajarilgani yo'q. Oldinda bizni javob bahsi kutmoqda va bunda bor imkoniyatni ishga solamiz. Terma jamoadan menda ko'plab yaxshi xotiralar qolgan. Agar jahon chempionatiga chiqsak, bunday xotiralar yana ko'payadi. Men ertangi bahsga tayyorman va g'olib bo'lib Vatanimiz bayrog'ini ko'targan holda stadion bo'ylab yugurishni xohlayman. Umid qilamanki, Avstraliya ketma-ket to'rtinchi marta jahon chempionatiga chiqadi".

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика