So’nggi yangiliklar

18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  1 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  0 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  7 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  5 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  20 12:17Мауро Брасил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12

Tiago Bezerra o'zbek futboli, Jaloliddin Masharipov, “Paxtakor” va palov haqida Yangiliklar

Tiago Bezerra o'zbek futboli, Jaloliddin Masharipov, “Paxtakor” va palov haqida

Joriy mavsum Osiyo CHempionlar Ligasida ajoyib o'yinlar ko'rsatib, stadionga minglab muxlislarning qaytishiga sababchi bo'lgan “Paxtakor” joriy yil boshida tarkibda katta yo'qotishlarga uchragandi.

Ayniqsa, braziliyalik mahoratli yarim himoyachi Tiago Bezerraning klubdagi o'rni beqiyos edi. Uning tezkor driblinglari, urgan gollari yosh futbolchilar uchun o'ziga xos maktab vazifasini o'tadi. Tiago hozirda Qatarning “Al-Xor” klubida to'p surmoqda, yaqinda u bilan bog'lanib saytimiz uchun intervyu oldik.

- Salom Tiago. Qatarda ishlaringiz qanday ketyapti? Jamoangizni yuqori o'rinlar uchun kurashishga kuchi etadimi?

- Men bu klubning azosi ekanligimdan xursandman. To'g'ri, chempionatdagi ishlarimiz yaxshi emas, ammo biz yuqori saviyadagi klublarga qarshi o'ynayapmiz. Muhim uchrashuvlar hali oldinda. Ishonamanki keyingi turlarda yanada muvafaqqiyatli to'p tepamiz.

- Mamlakatimiz futbolidagi o'zgarishlar va yangiliklardan xabaringiz bormi?

- Ha. Albatta. O'zbek futbolidagi voqealardan voqifman. Men uchun shahar va sobiq jamoam qadrdon bo'lib qolgan. “Paxtakor”dagi futbolchilar va murabbiylar bilan aloqani saqlab qolganman. Ularni qo'lga kiritgan oltin medal bilan tabriklayman. Aslida, o'tgan mavsum ham chempion bo'lishga munosib edilar.

- O'zbekistonda bir yarim yildan oshiq vaqt davomida to'p tepdingiz, mana shu vaqt mobaynida o'zingiz uchun nimalar oldingiz va “Paxtakor” sizga nima berdi?

- Men faoliyatimdagi eng yaxshi damlarni aynan “Paxtakor”da o'tkazdim. Ko'plab individual va jamoaviy yutuqlar sohibi bo'ldim. SHota Arveladzedan va futbolchilardan ko'p narsani o'rgandim. Muxlislar va u erdagi futbolni sevadiganlar meni etirof etganidan boshim osmonga etdi. O'zbeklar xuddi braziliyaliklar kabi yordam berishga intilishlari manzur bo'ldi. Mamlakat tinch, xavfsiz. Xalq esa saxiy va oqko'ngil. Umuman olganda ijobiy xotiralar meni O'zbekiston bilan bog'lab turadi. Palov bilan kabobni mazasini aslo esdan chiqarmayman.

- Terma jamoamiz jahon chempionatidagi saralash bahslarini o'tkazmoqda. Nima deb o'ylaysiz, azaliy orzuimizga etishimizga nima to'sqinlik qilyapti?

- MTJni kuzatib boryapman. Deyarli barcha futbolchilarni bilaman. Umid qilamanki sizlar mundialga borasiz. Mana, mahalliy chempionat kuchayib boryapti, yosh futbolchilarga ham etibor kun sayin ortmoqda.

- “Paxtakor”ni tark etishingiz nima bilan bog'liq?

- Birinchi navbatda oilam va o'zim uchun to'g'ri bo'lgan qarorni qabul qildim. Boshqa izohga xojat yo'q.

- Yaqin kelajakda qaysi futbolchimiz kuchli beshlik chempionatiga yo'l olishi mumkin?

- "Jama"ni yani, Masharipovni xalqaro maydonda ko'rib qolsam ajablanmayman. SHaxsan o'zim uchun u betakror futbolchi. Uning o'ziga xos o'yin uslubi va istedodini yuqori baholayman.  Men Jalolni muxlisi va do'sti sifatida doim qo'llab-quvvatlayman. Yuqoridagi gaplar Igor Sergeevga ham tegishli.

- Legioner sifatida bir qancha mamlakatlar chempionatida o'ynagansiz, u erdagi muxlislikdan xabardorsiz. SHu manoda, o'zbekistonlik ishqibozlar ulardan nimasi bilan farqlanadi?

- Yurtingizdagi aksariyat uchrashuvlar muxlislar to'la stadionda, ajoyib muhitda o'tadi. O'z navbatida, "Paxtakor" ishqibozlari ham har jabhada fidoyilik namoyish etishadi. Ularning qo'llab-quvvatlashi natijasida ijobiy natijalarga erishdik. Jonkuyarlik bobida o'zbekistonlik muxlislar hech kimdan qolishmasligini etirof etishim mumkin. Ular men uchun bebahodirlar. Barchangizni yaxshi ko'raman va sog'inib qolaman.

- Mazmunli suhbat uchun tashakkur. Keyingi faoliyatingizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

- Sizga ham raxmat. 


Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика