So’nggi yangiliklar

11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  2 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  1 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  9 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  13 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  39 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0

"Tezkor studiya"da fantastik "to'rtlik": Qosimov, Abramov, Arveladze va Kanchelskis ishtirokidagi jonli efirni tomosha qiling! (anons) Yangiliklar

"Tezkor studiya"da fantastik "to'rtlik": Qosimov, Abramov, Arveladze va Kanchelskis ishtirokidagi jonli efirni tomosha qiling! (anons)

Karantin davrida "Championat.asia" ijodiy jamoasi futbol muxlislarini zeriktirib qo'ymaslik uchun "Tezkor studiya"ning onlayn efirini etiboringizga havola etmoqda.

Karantinda "Tezkor studiya" ijodiy jamoasi masofadan turib onlayn ishlashni davom ettirmoqda. Bunga qadar ijodiy jamoamiz Eldorbek Suyunov, Denis Ivankov, Sanjar Tursunov ishtirokidagi ilk onlayn dasturni taqdim etgandi. SHuningdek, ayni paytda Belorusda faoliyat yuritayotgan vakillarimiz Jasur Yaxshiboev hamda SHahboz Umarov bilan onlayn efir havola qilindi. Taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziev bilan jang sanati muhokama qilindi.

Kuni kecha esa o'zbek futbolining eng yuqori bo'g'ini bo'lgan O'FA va PFL rahbariyatidan Ravshan Ermatov, Avaz Maqsumov, Davron SHoqurbonov, Aziz Haydarov hamda Osiyo futboli eksperti Alisher Nikimbaev ishtirokida ajoyib onlayn efirda karantin davri va koronavirusning o'zbek futboliga tasiri mavzusi muhokama qilindi.

Endi esa "Tezkor studiya" yana bir ajoyib dasturga tayyorlanmoqda. Hali hech qaerda birgalikda to'planmagan o'zbek futbolining hozirgi kundagi eng nufuzli mutaxassislari, yani etakchi jamoalarimiz murabbiylari - Mirjalol Qosimov (AGMK), SHota Arveladze ("Paxtakor"), Andrey Kanchelskis ("Navbahor"), va Vadim Abramov (O'zbekiston MTJ/"Bunyodkor") ishtirokidagi jonli efir bugun "Championat.asia" saytining "Facebook"dagi rasmiy sahifasida soat 16:00da boshlanadi.

Ajoyib mutaxassislar ishtirokidagi onlayn efirda karantin davrida taniqli murabbiylar nimalar bilan bandligi, koronavirusning futbolga bo'ladigan tasiri va boshqa qiziqarli mavzular muhokamasi bo'ladi. Dastur rasmiy shakldan chetga chiqqan holda samimiy muhitda o'tishi rejalashtirilmoqda. Bunday taniqli va principial jamoalar bosh murabbiylarining bir studiyaga to'plangani va noodatiy formatdagi onlayn muloqotini doim ham kuzatish imkoniyati bo'lmaydi. Bugun "Championat.asia" ijodiy jamoasi Sizga bunday imkoniyatni taqdim etishga shay. Muhimi, Siz uyda qoling va qiziqarli efirni kuzatib, futbol havosidan masofadan turib nafas oling!

Efir davomida "Facebook" sahifamiz foydalanuvchilarining eng qiziqarli va mavzuga oid savollari mutaxassislarga o'qib beriladi.

Jonli efirni tomosha qilish va savol yo'llash tekin! Faqat sharti shuki, Sizdan "Championat.asia" saytining "Facebook"dagi sahifasiga obuna bo'lish va "Like" tugmasini bosish talab etiladi :-)

FEYSBUKKA O'TISH 

Gigantlar mehmon bo'ladigan qiziqarli jonli muloqotni o'tkazib yubormang va uyda qoling!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика