So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  5 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  17 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  408 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  2 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Terma jamoalar tarixidagi eng yosh futbolchi 15 yoshli ruminiyalik Enes Sali haqida qiziqarli hikoya Yangiliklar

Terma jamoalar tarixidagi eng yosh futbolchi 15 yoshli ruminiyalik Enes Sali haqida qiziqarli hikoya

Teglar :  Enes SaliRuminiya
U bir yil davomida "Barselona"da mashg'ulot o'tkazdi hamda xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun uch mamlakatdan birini tanladi

Ruminiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mirel Redoy kutilmaganda Islandiya va Lixtenshteynga qarshi o'yinlar uchun "Farul"ning hujumkor yarim himoyachisi 15 yoshli Enes Salini chaqirdi. Enes oliy ligadagi debyutini faqat joriy mavsumda o'tkazdi: ettita o'yinda maydonga tushdi (233 daqiqa) va hatto raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi hamda asosiy divizion tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.

SHundan so'ng futbolchi terma jamoa safida debyut qildi! U Lixtenshteynga qarshi bahsning 82-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi: bu vaqtda uning jamoasi 1:0 hisobida oldinda borayotgandi, u o'yinga qo'shilgach, ruminiyaliklar ikkinchi golni urishdi. Bu natija ularning pley-offga yo'l olishiga yordam berolmadi, chunki SHimoliy Makedoniya parallel o'yinda g'alaba qozonib, guruhda ikkinchi pog'onani o'ziniki qilib oldi, biroq  Sali rekord sohibi bo'ldi - u terma jamoalarning rasmiy o'yinlari tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi. Yigitcha maydonga tushganda atigi 15 yoshu 264 kunlik edi.

Evropaliklarning hech biri oldin rasmiy o'yinlarda bunday ko'rsatkich qayd etmagan, faqat Martin Edegor o'rtoqlik o'yinida Norvegiya terma jamoasi tarkibida 15 yoshu 254 kunlik vaqtida maydonga tushgan, lekin u dastlabki rasmiy o'yinini 15 yoshu 300 kunligida o'tkazgan.

***

Enesning biografiyasi juda qiziq. U Kanadada dunyoga kelgan, ota-onasi turk hamda ular Ruminiyada to'g'ilib o'sgan. Enes bu davlatlar ichidan istagani tanlashi mumkin edi, garchi u Turkiya terma jamoasi tomonidan juda ko'p taklif qilingan bo'lsa ham, Ruminiya variantida qoldi.

Sali futbolni Kanadada, "Vudbrij Straykers" klubida boshlagan. 2017 yilda uni "Barselona" skautlari payqab qolishgan, biroq Enesning "La Macia"dagi sarguzashtlari bor-yo'g'i bir yil davom etdi, bunga FIFA tomonidan 18 yoshgacha bo'lgan xorijlik futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishdagi cheklov sabab bo'ldi. Ehtimol, u biroz ulg'aygach, Kataloniyaga ko'chib o'tar.

2019 yilda Enes Ruminiyaga qaytib keldi va bu erda "Farul" uchun futbolchi etishtirib beradigan George Xadji futbol akademiyasiga qo'shildi. Futbolchining otasi bilan muzokaralarni Georgening shaxsan o'zi olib bordi - afsonaviy ruminiyalik futbolchida yosh Salining o'yinlari ulkan taassurot qoldirgandi.

Futbolchi Ruminiya terma jamoasi sport direktori Luchan Sinmertyanni ham qoyil qoldirdi: 

"Bir qarashda bu yigitchaning fazilatlariga qoyil qoldim. Bu yoshda to'pga bunday yuqori darajada egalik qiladigan o'yinchi juda kam uchraydi. Faqatgina buyuk futbolchilargina ushbu yoshda shunday muvaffaqiyatga erishadilar.

Uning kelajagi buyuk. Agar murabbiylar va Enesning oilasi uning rivojlanishiga sharoit hozir qilsa, biz ajoyib fantastik futbolchiga ega bo'lamiz"


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика