Saloh APL chempionligiga asosiy davogar jamoa nomini aytdi
31 avg 10:00
Yangiliklar
Saloh APL chempionligiga asosiy davogar jamoa nomini aytdi
"Liverpul"ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh boshlangan mavsumning chempionligiga asosiy favorit deb "Arsenal"ni hisoblashini malum qildi.
"Agar chempionat favoritlari haqida gapiradigan bo'lsak, men "Arsenal"ni alohida takidlagan bo'lardim. Ular besh-olti yil birga o'ynagan barqaror tarkibga ega, shuning uchun maydonda o'zaro tushunish ancha osonroq. "Liverpul" va "Manchester Siti" so'nggi paytlarda o'z tarkibida juda ko'p o'zgarishlarni amalga oshirdi. Gvardiola jamoasi har doim davogarlar qatorida, ammo bu mavsumda men "Arsenal"ning imkoniyatlarini yuqori baholayapman", - dedi Saloh.
Eslatib o'tamiz, bugun APLning 3-turida "Liverpul" va "Arsenal" o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 20:30 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar