So’nggi yangiliklar

01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  0 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12

"Terma jamoa eshiklari har doim ochiq bo'lishi shart" - Stanislav CHerchesov Yangiliklar

"Terma jamoa eshiklari har doim ochiq bo'lishi shart" - Stanislav CHerchesov

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav CHerchesov yig'inga kirishish chog'ida rossiyalik jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Bu haqda Rossiya futbol ittifoqining terma jamoa sahifasida malum qilindi. Quyida Stanislav CHerchesovning fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

Stanislav CHerchesov: - "To'g'risi, bunday noananaviy tabrikni kutmagandim. Demak Rossiya terma jamoasi o'z hayoti bilan yashamoqda va kerakli payt hazil qilishni ham biladi. Bu albatta quvonarli holat. JCHdan keyingi eyforiya? Agarda buni hozir bizga eslatmaganingizda, yodimga tushmasdi. Matbuot va muxlislar JCHdagi muvaffaqiyatni unutmagan bo'lishi mumkin. Ammo biz buni allaqachon unutganmiz. Endilikda hammasini yangitdan boshlash lozim".

- "Avvalgi muvaffaqiyat bilan yashab bo'lmaydi. SHu boisdan ham biz barchasini boshidan boshlamoqchimiz. Tayyorgarlik jarayonidanoq hammasini o'zgartirdik".


- "Terma jamoa eshiklarini hech qachon yopmaganmiz va bundan keyin ham yopilmaydi. Ko'rgan bo'lsangiz, bugun mashg'ulotda bir qator bolalar ham ishtirok etishdi. Avval ham bu kabi tadbirlar bo'lgan va davom etmoqda. SHuningdek, ayollar yoshlar terma jamoasi ham bugungi mashg'ulotda ishtirok etishini so'ragani uchun ularni ham taklif qilgandik. Biz ularga qarab nimanidir o'rganayotgan bo'lishsa, bundan xursandmiz albatta. Terma jamoa barchaniki. Hammamiz bir-birimizdan quvvat olib, nimadir o'rganamiz. Mashg'ulotdan keyin yoshlar terma jamoasi oldiga ham borib, ularni ham kuzataman. SHunchaki ular borasida ham yangi tasavvur paydo bo'lishi uchun. Novogorskda terma jamoa uyi, yani qarorgohi barpo etilganidan xursandmiz. Uyimiz, yani terma jamoa eshigi barcha uchun ochiq".

- "Bu galgi yig'inga Akinfeev qatnashmayotgani uchun Dzyubani jamoa sardori etib tayinladik va buni jamoaga elon qildim. Dzyuba bilan alohida gaplashdim, Artyom mazkur yig'inda jamoa o'z ortidan etaklashga tayyor. Hammasi o'z navbati bilan davom etmoqda".

- "Turkiya bilan JCH oldidan tashkil etilgan o'yin va bo'lajak bahs orasida farq ko'p. Masalan u payti biz JCHga tayyorgarlik doirasida Turki bilan o'ynagandik. Hozir esa yangi musobaqada, rasmiy o'yinda ochkolar uchun bellashamiz. Yana bir farqli tarafi, tarkibdagi o'zgarishlar. Avvalgi tarkib bilan bugungi borasida o'zgarishlar katta. Muhimi, o'yinga bo'lgan yondoshuv va ishtiyoq JCHdagi kabi qolishi lozim".

- "CHempionatning ilk markaziy va muhim bellashuvi qiziqarli o'tdi. Muxlislar tarafidan ham qiziqish juda yuqori bo'ldi. O'yin ancha keskin kurashlarga boy va asabiy tarzda o'tdi. Mazkur uchrashuvda har bir murabbiy o'z savollariga javob izlashga harakat qilishdi. Umuman olganda yomon o'yin bo'lgani yo'q. SHaxsan o'zim ham o'yin o'zgacha zavq bilan tomosha qilganimni aytishim mumkin".

- "Darvozabon masalasi? Akinfeev yo'q, ammo jamoaning bu galgi yig'inidagi birinchi raqam egasi aniq - Lunyov. Kartalarni ochishga erta deb hisoblamayman, chunki jamoa darvozada kim turishi va sardor kim bo'lishi haqida tasavvurga ega bo'lishi lozim. Turkiya bilan o'yinda darvozani Lunyov qo'riqlaydi. Uning bugungi holati shunga munosib. Jamoa sardori ham avvaldan malum bo'lishi kerak, chunki etakchilikni qo'lga olishi lozim bo'lgan futbolchi o'zini shunga tayyorlab bormog'i zarur".

- "Millatlar ligasida oldimizga qo'yilgan vazifa? Vazifa biroz siyqasi chiqqandek eshitilishi mumkin. Qisqa qilib aytganda, har bir o'yinda g'alaba qozonish shart. CHunki biz bu erda ochkolar uchun o'ynaymiz. Futbolchilarga Millatlar kubogi formati haqida batafsil gapirib, tushuntirgandan foyda yo'q. Vazifa - har o'yinda g'alaba qozonish. Boshqa mayda detallar bilan ularni boshlarini qotirishga hojat yo'q. Har o'yinda g'alaba qozon va sen to'g'ri yo'lda bo'lasan. Format, formulalar haqida ko'p o'qidim. Menku tushundim, ammo futbolchilarni chalg'itib, boshini qotirib o'tirgim kelmadi. Qisqa qilib, biz hozir ikkinchi ligadamiz, yutib, kerakli ochkolarni jamg'arib birinchi ligaga chiqishimiz lozim, deb tushuntirdim".

- Terma jamoa eshiklari barcha uchun ochiq, degan gapim shunchaki balandparvoz yoki siyqasi chiqqan jumla emas. Rostan, Rossiya terma jamoasi eshiklari barcha uchun ochiq! Har bir futbolchi yoki terma jamoamizga befarq bo'lmagan qalam ahli bo'ladimi. JCHdan avval ham, hozir ham Rossiya terma jamoasi eshiklari yopilmagan va yopilmaydi. Muhimi, futbolchilar o'zlarini ko'rsatishlari kerak. Hech bir futbolchiga biz terma jamoa uchun abonement bermaymiz yoki joy kafotlanmaydi. Kim zo'r bo'lsa, o'sha maydonga tushadi yoki chaqiruv oladi. Masalan Noyshtedter o'tgan mavsum yaxshi holatda bo'lmagani uchun qaydnomadan tushib qolgandi. Hozirgi o'yini va holati meni qoniqtirmoqda va uni terma jamoaga qaytardim. Kerak payt tayyor bo'lgan futbolchi xizmatidan foydalanamiz".

- "Muammo? Rossiya terma jamoasida kundaligida muammo degan so'zga joy yo'q. Biz uni allaqachon o'chirib tashlaganmiz. Himoya chizig'imizga keladigan bo'lsak, hozir chaqirilgan futbolchilarning holati bizni qanoatlantiradi. Agarda uch markaziy himoyachili chiziq to'liq tayyor bo'lsa, ularni o'ynatamiz. Yoki ikki markaziy himoyachiga ehtiyoj sezsak, o'sha uslubdan foydalanamiz. Biz kecha yoki ertaga emas, bugunga qarab ish qilamiz. CHunki bugun bizga natija kerak".

- "Sirlar? Terma jamoada qanday sirlar bo'lishi mumkin? Men hech qanday sirlarni oshkor qilganim yo'q. Kerak va barcha xabar topishi lozim bo'lgan narsalarni muxlislarga aytyapman. Buni bekitadigan joyi yo'q".


- "Sergey Ignashevich? Birinchidan u Sergey Ignashevich emas, endilikda unga Sergey Nikolaevich Ignashevich deya murojaat qilishadi. Buni birinchi kuniyoq futbolchilarga elon qildim. Ignashevich endi terma jamoada yangi rolda faoliyat ko'rsatadi. Hamma uni qarsaklar bilan juda iliq kutib oldi. Ignashevich elkasida juda katta tajriba zaxirasi bor. Rossiya futboli uchun juda ko'p yillar xizmat qilgan futbolchi. O'ylashimcha, Ignashevich terma jamoada ishlashga munosib. Unda katta salohiyat mavjud. Biz mashg'ulotlar davomida uning boy tajribasi va salohiyatidan to'g'ri foydalanmoqchimiz. Ayni paytda Ignashevich CSKAda rasman ishlamoqda. Biz uni terma jamoa ichkaridan o'rganishga, ish tajribanisini oshirib olishi uchun chaqirdik. Menimcha, unga bu jarayon qiziq va foydali bo'ladi. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Biz avvaliga unga o'smirlar terma jamoasini topshirmoqchi bo'ldik, ammo Ignashevich hozirda mustaqil ishlashga tayyor emasligini bildirdi".


O'FA matbuot xizmatiga qo'llanma. Mana qanday ishlash kerak

Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida 7 sentyabr kuni Turkiya bilan o'yin o'tkazadi. Keyinchalik esa Rostov-na-Donuda Rossiya terma jamoasi CHexiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonda tushadi.

Ayni paytda Rossiya terma jamoasi Novogorskda yig'inga kirishgan.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика