So’nggi yangiliklar

19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  0 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  25 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   1 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  4 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   9 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  25 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  3 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  32 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5

Ter SHtegen himoyadan g'azabda: "Slaviya" 24ta zarba berdi, tanaffusdan so'ng muammolar paydo bo'ldi Yangiliklar

Ter SHtegen himoyadan g'azabda: "Slaviya" 24ta zarba berdi, tanaffusdan so'ng muammolar paydo bo'ldi

"Barselona" CHempionlar ligasi guruh bosqichining uchinchi tur bahsida "Slaviya"ni mag'lub etdi, ammo bu Kataloniya klubi ustunligida o'tgan bahs bo'lmadi.

- "Barselona" to'pga egalik qilish bo'yicha raqib bilan teng natija qayd etdi

- "Slaviya" 24ta zarba berishga muvaffaq bo'ldi. Mehmonlar esa 13ta. Mezbonlarning 16ta zarbasi ikkinchi bo'limda ro'y berdi

- Mark-Andre ter shtegen 8ta seyv ijro etdi - joriy mavsum CHLdagi bitta bahsda faqat "Galatasaroy" posboni undan ko'proq seyv amalga oshirgan ("Real"ga qarshi bahsda 11ta seyv).


"Barselona" himoyasi juda sust o'ynadi va ter SHtegen o'yindan so'ng jamoadoshlarini tanqid qildi.

"Biz istaganimizdek o'ynay olmadik. Baxtimizga uch ochkoni qo'lga kiritdi, asosiysi shu. Biroq jamoa bilan bazi narsalarga oydinlik kiritib olishimiz lozim. Bu erda nima haqidaligini aytmayman, lekin bazi narsalar ustida ishlashimiz zarur.


Valverde taktikada xato qildimi yoki yo'q, bu jamoaning ichki ishi. Ammo birinchi navbatda maydondagilar bilan suhbatlashib olish lozim.

Raqib ikkinchi bo'limdagi dastlabki vaziyatdan unumli foydalandi. Bunga imkon bermaslik kerak. Gol urgan futbolchi hayratlanarli ish qilgani yo'q, u shunchaki to'pni qabul qildi va zarba berdi.

Taktik ko'rsatmalarni 100% bajarmadik.

Ustunlikni saqlab qolishimiz lozim, chunki guruhda kuchli jamoalar yig'ilgan".


Gol urilgan vaziyatda nima bo'ldi?

Orqaroqdan uzatma bo'lganida Langle va Alba "Slaviya" hujumchisini nazorat qilayotgan edi. Vaziyat xavfli ko'rinmayotgan edi. Xatto Pikening poziciyasi ham havotirga solmaydi - u "Slaviya"ning ikkinchi futbolchisini yopib turibdi. Semedu esa qanotda Borjilning yonida harakatlanmoqda.

Ammo bir necha soniyadan so'ng hammasi o'zgarib ketdi. Masopust atrofida "Barselona"ning butun himoyasi yig'ilib oladi va mehmon jamoa jarima maydonchasi oldida katta hudud bo'sh qoladi. Suratga etibor bering, rasmda Kataloniya klubi yarim himoyachilari ko'rinmayapti.

Buyog'iga omadga umid qilishadi, ammo u yordam bermadi. Masopust Borjilga pas berdi, u esa ter SHtegen darvozasini ishg'ol qildi.

O'yindan so'ng Valverde ter SHtegen kabi kamchiliklar haqida batafsil to'xtalmadi. Faqat bir gap bilan himoyadagi muammoni tasvirladi:

"To'pni yo'qotishimiz bilan raqib xavfli qarshi hujum amalga oshirdi. Bu bahsda ter SHtegen muhim rolni o'ynadi".


"Barselona" kiyinish xonasida jiddiy suhbat bo'lishi aniq. Posbon haq, seyvlar soni ko'p bo'lishi yaxshi emas.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика