Ten Xag: "MYU ikkita taymni bir xil o'tkaza olmayapti"
11 noy 2022 08:50
Yangiliklar
Ten Xag: "MYU ikkita taymni bir xil o'tkaza olmayapti"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Aston Villa"ga qarshi o'yindan so'ng (4:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz ikkita taymni bir xil o'tkaza olmayapmiz. Birinchi taymda sifatli pressing evaziga o'yinni nazorat qila oldik, to'pga egalik qildik. Ammo keyin xato qila boshladik. Bizda qarshi hujumlarda muammolar bo'ldi, aniq paslar bera olmadik va yakunda ko'p yaxshi imkoniyatlarni boy berdik.
Tanaffusda jamoaga mana shunday pressingni saqlab qolib, to'g'ri chiziq bo'ylab o'ynashni aytdim. Buni uddalay olganimizdan faxrlanaman.
Biz intensiv harakatlanishimiz kerak, chunki top-jamoalar mana shunday bo'lishadi. Biz bu yo'lda qadam tashlayapmiz. Ammo o'yinni tezlatish va to'pni sovuqqonlik bilan ushlab turish imkoniyatlarini topish lozim", - dedi ten Xag.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar