Ten Xag: "Kuchli to'rtlikka kirishni istaymiz"
10 noy 2022 21:51
Yangiliklar
Ten Xag: "Kuchli to'rtlikka kirishni istaymiz"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag mavsumdagi vazifa haqida gapirdi.
"Ko'plab turnirlarda ishtirok etyapmiz. Sovrinlar qo'lga kiritishni, o'z navbatida APL kuchli to'rtlikka kirishimizni istayman. Bu bizning maqsadimizga aylanishi kerak.
Ushbu mavsumda bunga erishish oson bo'lmaydi, chunki so'nggi yillar davomida APLda raqobat kuchayib ketdi. Klublar tarkibini birdaniga 7-8 nafar kuchli futbolchilar bilan to'ldirmoqda. Nafaqat biz transferlarga ko'p pul ishlatdik, balki, "Nyukasl" ham, "Vest Xem" ham shunday katta mablag' ishlatishdi.
MYU o'z tarixida juda ko'plab sovrinlarga ega chiqqan. Bunga jamoadagi jangovarlik ruxi, klubdagi madaniyat ham sabab bo'lgan. Men esa ushbu jihatni jamoaga qaytarishni istayman. Biz to'g'ri yo'ldamiz", - dedi ten Xag.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar