Ten Hag Reshfordning o'zgarishi haqida: "Men Garri Potter emasman"
28 jan 2023 20:39
Yangiliklar
Ten Hag Reshfordning o'zgarishi haqida: "Men Garri Potter emasman"
Reshford Angliya terma jamoasi safida Qatardagi 2022 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etib qaytganidan keyin "qizil iblislar" safidagi so'nggi o'yinlarda juda yuqori darajada o'yin ko'rsatdi. Hujumchi Premer-liganing so'nggi 6 turida 5 ta gol urdi. SHuningdek, uning hisobida Liga kubogining 2 o'yinida 1 ta va Angliya Kubogida kiritilgan 1 ta to'p mavjud.
"Men Garri Potter emasman. U shunchaki o'ziga ishongan. Har bir futbolchi o'ziga bo'lgan ishonchni topa olishi kerak. Markus shunday qila oldi. Albatta, men va bizning murabbiylar shtabimiz qandaydir strukturalar olib kiramiz, uning o'yin uslubini to'g'rilaymiz, to'g'ri poziciya tanlashni tushuntiramiz. Ammo oxir-oqibat hammasi unga bog'liq bo'ladi.
Futbolchida bunday ishonch paydo bo'layotganini ko'rganimda, nafaqat o'z o'yinimizni qanday qurishimiz, balki uning atrofidagi muhit ham muhim ekaniga amin bo'ldim – futbolchi aynan shunday o'zining eng yuqori o'yinini ko'rsatishi mumkin. SHubhasiz, Markus hozir yaxshi formada. Bu kunlik mashg'ulotlardan o'yindan o'yinga va kundan kunga yaxshilanib boradigan narsa", – dedi MYU ustozi ten Hag.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar