Ten Hag – APLda sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi!
30 sen 2022 16:42
Yangiliklar
Ten Hag – APLda sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi!
Niderlandiyalik mutaxassis "Manchester Yunayted" boshqaruvini qo'lga olganidan buyon ilk sovrinini qo'lga kiritdi.
Mankunianlar ustozi ovoz berish natijalariga ko'ra, kuzning birinchi oyida murabbiylar orasida eng muvaffaqiyatlisi, deb topildi.

52 yoshli mutaxassis 2016 yil yanvar oyida "Sautgempton" murabbiyi Ronald Kumandan keyin ushbu titulni qo'lga kiritgan birinchi niderlandiyalik bo'ldi. SHuningdek, 2019 yil yanvar oyida MYU boshqaruvida bo'lgan Ole Gunnar Sulsherdan keyin mazkur sovringa ega chiqqan jamoa murabbiyiga aylandi.
Ten Hag "qizil iblislar" o'yiniga yaqqol o'zgarish olib kirdi va "Arsenal"ning g'alabali seriyasini to'xtatishdan oldin "Lester"ni mag'lub qildi hamda jamoaning turnir jadvalida 5-o'ringa qadar ko'tarilib olishini taminladi. Mutaxassis ovoz berish natijalariga binoan Antonio Konte va Gari O'Nilni ortda qoldirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar