Temur Turdiev: “Birinchi davradan qoniqdim”
23 iyu 2016 21:29
Yangiliklar
Temur Turdiev: “Birinchi davradan qoniqdim”
- “Xorazm”ga qarshi o'yin to'liq bizning ustunligimizda o'tdi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Ochig'i, mehmonlar darvozasini o'n marta ishg'ol qilishimiz ham mumkin edi, ammo imkoniyatlardan foydalana olmadik. Qolaversa, hisob yiriklashgani sari futbolchilar xotirjamlikka berilishdi. G'alabamizga raqibning bugungi holati ham tasir qildi. Yani, “Xorazm”ning tarkibi sezilarli darajada yoshargan. Darvozabonini inobatga olmasa, qolganlar yosh o'yinchilar. Tabiiyki, ularga tajriba etishmadi.
Mana birinchi davra o'yinlari ham yakunlandi. Futbolchilar 10 kunlik tatilga chiqishdi. Ikkinchi davraga tayyorgarlikni Nukusda boshlaymiz. Keyin moliyaviy imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda Toshkentga borishimiz ham mumkin. Tatil vaqtida men Toshkentga murabbiylik kurslarida o'qishga boraman. “B” licenziyasi uchun kurslarda o'qishni rejalashtirganman.
“Orol”ning birinchi davradagi ishtirokidan qoniqdim, desam ham bo'laveradi. CHunki biz uchrashuvdan-uchrashuvga o'z o'yinimizni topib oldik. Yigitlar ulardan nima xohlayotganimizni tushunishdi. Natijada o'yinimiz qovushib, hisoblarimiz ham yaxshilandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar