So’nggi yangiliklar

16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  8 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3

Temur Olimxo'jaev: "Har bir futbolchi o'zini yoshi va nomi bilan o'ynashi kerak" Yangiliklar

Temur Olimxo'jaev: "Har bir futbolchi o'zini yoshi va nomi bilan o'ynashi kerak"

O'zbekiston (U-16) terma jamoasining bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev ayni vaqtda viloyatlarda 2000 yil va undan keyingi yil tug'ilgan o'smirlar o'rtasida musobaqalarda ishtirok etib terma jamoamiz uchun munosib yoshlarni saralab olmoqda.
Kecha Qarshida "Nasaf" va "Mashal"ning 2000 yil tug'ilgan yoshlari o'rtasida bahs bo'lib o'tdi. Unda Temur Olimxo'jaev ham ishtirok etib, o'zi uchun munosib futbolchilarni yana bir bor ko'zdan kechirdi.  

Bahs yakunlangandan so'ng Temur Olimxo'jaev saytimiz uchun kichik intervyu berib o'tdi.

- Temur aka, yana O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi (U-16)ning yig'ish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda ?

Ayni vaqtda tayyorgarlikni dastlabki ishlarini boshladik. Terma jamoalar markazi bilan kelishgan holda navbatdagi rejalar belgilab olindi. Unga ko'ra dastlabki ishni viloyatlardan boshladik. Sentyabr oyida Toshkentda ikkita katta yig'inni o'tkazdik. Mana endi viloyatlar bo'ylab uchrashuvlarni ko'rib chiqishni lozim deb topdim. Bir hafta oldin Navoiydagi turnirda ishtirok etib keldim. Endi uch-to'rt kun Qarshida bo'lib viloyatning uchta klubidan eng munosib futbolchilarni tanlab olamiz.  Vaqt kam qoldi eng munosiblarni tanlab olib,  tezroq jamoani shakllantirish kerak. Keyingi yili ushbu jamoa Osiyo chempionati uchun saralash bahslarini o'tkazadi.

- Jamoamiz oldidan turgan muhim bahslar haqida nima deya olasiz?

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi yanvar oyidagi quraga ko'ra qaysi guruhdan tushadi va qanday sxema asosida bo'lib o'tishi belgilab olinadi. Hozircha ushbu saralash bahslarining sxemasi bilan tanish emasmiz. Hozircha esa dastlabki vazifamiz munosib futbolchilar bilan jamoani shakllantirishdan iborat.

- Viloyatlarda terma jamoa uchun munosib futbolchilarni topa olayapsiz?

Birinchi o'rinda men maydonga tushayotgan futbolchilarni 2000 yil ekanligiga ishonishim kerak. Negaki murabbiylar bizga mana shu maydonga tushayotgan futbolchilarni 2000 yil deb qo'ymoqda. SHunga qaramay men viloyatlarda 2000 yil tug'ilgan futbolchilarni ko'rganini boraman. SHuni aytishim kerakki shunga qaramay mana shu maydonga tushayotgan tarkibdagi futbolchilarni juda ko'pi terma jamoaning talabi darajasida emas.

- Bo'lib o'tgan "Nasaf-2000" - "Mashal-2000" uchrashuvidan so'ng terma jamoa uchun munosib futbolchilarni ko'ra oldingizmi ?


Yo'q deya olmayman. Ikki jamoa o'yinini kuzatib ikki nafar futbolchini termaga chaqirishga munosib deb topdim. Hali bu jamoalar bilan ko'p ishlash kerak ekan.  Noyabrda Toshkentdagi yig'inga chaqiramiz.

- Bugungi o'yindan so'ng menda bir fikr o'yg'ondi. Terma jamoaga kirish uchun yoshini kichraytirishga qanday qaraysiz ?


Bu juda yomon illat. Har bir futbolchi o'zini yoshi va nomi bilan o'ynashi kerak. Futbolni toza saqlash kerak. Murabbiylarga ham ko'p narsa bog'liq. 2000 yil tug'ilgan deya 1996 yil bolani olib kelishi emas , 2000 yil tug'ilgan bolalarga imkon berishi kerak. Ozgina katta bo'lgandan so'ng hammasi malum bo'ladi. Futbolimizga eng keraksiz narsa aynan mana shu deb bilaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика