So’nggi yangiliklar

19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  1 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  13 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  20 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  35 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7

Taziya bildiramiz: “SHo'rtan”ning birinchi prezidenti vafot etdi Yangiliklar

Taziya bildiramiz: “SHo'rtan”ning birinchi prezidenti vafot etdi

Futbol bo'ycha O'zbekiston milliy chempionatida ishtirok etayotgan “SHo'rtan” Professional futbol klubining birinchi prezidenti Naim Jalilovich Xaqqulov bugun 29 noyabr kuni uzoq davom etgan kassalikdan so'ng, 56 yoshida vafot etdi.

“SHo'rtan”ning havaskor maqomdagi jamoadan rasman Professional klub darajasiga ko'tarilishi, oyoqqa turishi, mukammal shakllanish jarayonlari aynan mana shu inson nomi bilan bog'liq edi.    

“SHo'rtan” futbol klubi 1994 yil (5noyabr)da G'uzor tuman hokimiyatidan ro'yxatdan o'tganidan so'ng, professional klub maqomiga ea bo'ldi. Keyingi, 1995 yilning o'zidayoq, “Oq bo'rilar” jamoasi azolari Birinchi ligaga chiqishni o'z oldilariga asosiy vazifa qilib qo'yishdi. O'sha olis, 1995 yili jamoa asosi tajribali o'yinchilardan tashkil topgan edi va mavsum yakunida “SHo'rtan” orziqib kutilgan tarixiy  natija - O'zbekiston Birinchiligida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi. G'uzorlik yigitlar o'zlarining chiroyli va hujumkor o'yinlari bilan “SHo'rtan” Birinchi ligada ishtirok etishga xaqli ekanligini isbotlashdi.                                            

Navbatdagi - 1996 yilgi futbol mavsumi “SHo'rtan” klubi tarixida yangi sahifa ochdi.

Oradan yillar o'tib, bu boshlangan zafarli yurishlar yanada bardavom bo'ldi. 2005 yildan jamoa o'zbek futboli elitasiga yo'l oldi. 2010 yili esa  “SHo'rtan” o'z faoliyatidagi eng yuksak marralarni zabt etishni davom ettirdi. Yil yakunida, jamoa Oliy liga o'yinlarida faxrli to'rtinchi o'rin sohibi bo'lish bilan birgalikda, O'zbekiston Kubogi finaliga qadar etib bordi. Aynan mamlakat Kubogi finaliga etib borishi va ichki chempionat natijalariga ko'ra, “SHo'rtan” 2011 yili Osiyo Futbol Konfederaciyasi Kubogi Xalqaro turnirida ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi...

Ko'rib turganingizdek, G'uzor tumani, uning xalqi va fidoiy muxlislari uchun “SHo'rtan” jamoasining unutilmas muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritishida klubning birinchi prezidenti, endilikda marhum  Naim Jalilovich Xaqqulov xizmatlari beqiyos bo'ldi...  

Bugun yaqinlari, do'stu birodalari uni so'nggi yo'lga kuzatishdi. Lekin hayot davom etadi. Umrini el-yurt xizmati uchun bahshida etgan ushbu inson boshlagan ezgu ishlarini farzandlari davom ettirishlari shubhasiz. Marhumni bilgan insonlar, ayniqsa, g'uzorlik futbolsevar muxlislar Naim Jalilovich Xaqqulovning “SHo'rtan” jamoasi uchun qilgan ezgu ishlarini hech qachon unutishmaydi.  

“SHo'rtan” PFK MCHJ rahbariyati, xodimlari, murabbiylar guruhi, futbolchilari va ko'p ming sonli muxlislari, klubning birinchi prezidenti  Naim XAQQULOV vafoti munosabati bilan marhumning oila azolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirishadi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика